Rossiya nefti uchun joriy etilgan narx chegarasi keng miqyosda buzilmoqda - OAV
Rossiya neftining katta hajmi sanksiyalarni chetlab o‘tib, Primorsk o‘lkasidagi Kozmino porti orqali sotilyapti. Birinchi chorak davomida ushbu portda Rossiya neftining 95 foizi bir barrel uchun 60 dollardan yuqori narxlarda sotilgan.
G‘arbning Ukrainaga qarshi urush tufayli Rossiyaga qarshi joriy etgan neft bo‘yicha narx chegarasi keng miqyosda buzilayotganga o‘xshaydi, deb yozadi 27 aprel, payshanba kuni Der Spiegel nashri Kiyev iqtisodiyot maktabi buyurtmasiga ko‘ra xalqaro ekspertlar guruhi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib.
Surishtiruv materiallariga ko‘ra, Rossiyaning Primorsk o‘lkasidagi Kozmino portida joriy yilning dastlabki uch oyida eksportga jo‘natilgan neftning 95 foizi bir barrel uchun 60 dollardan yuqori narxlarda sotilgan. O‘rtacha sotish narxi bir barrel uchun 73 dollarni tashkil etgan.
Kozminodan asosan Osiyo mamlakatlariga neft yetkazib beriladi. Surishtiruvchilarning aniqlashicha, G‘arbga yaqinroq joylashgan Rossiya portlarida narxlarning maksimal chegarasiga rioya qilingan.
Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar mexanizmi G7 davlatlari, Yevropa Ittifoqi va Avstraliya tashabbusi bilan ishlab chiqilgan. Sanksiyalarni amalga oshirish uchun dastak sifatida, sanksiyalar tashabbuskori bo‘lgan mamlakatlar kompaniyalari ustunlik qiladigan yuk tashish transportidan foydalanishga qaror qilindi. Ularga Rossiya neftini tashish va Rossiya neft mahsulotlarini belgilangan chegaradan yuqori narxlarda tashiydigan tankerlarni sug‘urtalash taqiqlanadi.
Mavzuga oid
07:30 / 30.09.2024
«Gazprom neft» O‘zbekistonda yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurishi mumkin
21:52 / 30.08.2024
Ukraina Rossiya neftining tranzitini butunlay to‘xtatmaydi
21:36 / 30.08.2024
Rossiyaga xorijliklarni biometrik ma’lumotlar asosida kiritish taklif etildi
20:36 / 30.08.2024