Shavkat Mirziyoyev investorlarga: “Sizlarga prezident sifatida kafolat beraman”
“Sizlar o‘zingiz istagan tinchlik va barqarorlik, qulay investitsiya muhiti hamda zarur kafolatlarni aynan bizning yurtimizda topasiz”, – dedi prezident Toshkent investforumi ishtirokchilariga qarata.
Prezident Shavkat Mirziyoyev II Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi yakunida forum ishtirokchilariga murojaat qildi.
“Ishonchim komil, bo‘lib o‘tayotgan muloqotlar orqali Yangi O‘zbekistondagi biznes uchun beqiyos imkoniyatlarni kashf qilasizlar. Yangi-yangi hamkorlar topasizlar, deb ishonaman.
Sizlar o‘zingiz istagan tinchlik va barqarorlik, qulay investitsiya muhiti hamda zarur kafolatlarni aynan bizning yurtimizda topasiz. Men buni alohida aytmoqchiman. Qanday hamkorlik topsalaringiz ham, qanday rejalar qilsalaringiz ham, men bunga prezident sifatida kafolat beraman.
Yangi O‘zbekiston sizning biznes faoliyatingizda alohida yorqin iz qoldiradigan makon bo‘lib xizmat qiladi, deb ishonaman”, – dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
00:30
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024
2025 yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshi oshiriladi
18:47 / 24.12.2024
Kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktab tashkil etiladi, 162 ta bog‘cha quriladi
20:43 / 23.12.2024