Prigojin o‘q-dori berilmasa, vagnerchilarni Baxmutdan olib chiqib ketish bilan tahdid qildi
Shuningdek, u «Vagner» ma’lum bir vaqtdan keyin faoliyatini to‘xtatadi» dedi.
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguga, agar o‘q-dorilar taqchilligi muammosi hal etilmasa, jangchilari Baxmutni tark etishi bilan tahdid qildi.
Prigojin bu haqda «harbiy muxbir» Semyon Pegovga bergan intervyusida gapirdi.
«Agar o‘q-dorilar taqchilligi to‘ldirilmasa, yo uyushqoqlik bilan chekinishga, yo qolib, o‘lib ketishga majbur bo‘lamiz. Ammo qo‘rqoq kalamushlardek qochmaymiz. Katta ehtimol bilan biz harbiylarning bir qismini ushbu hududdan olib chiqishga majbur bo‘lamiz», dedi u.
Prigojin o‘z intervyusida Shoyguga so‘nggi muddat sifatida 28 aprelni belgilaganini aytgan. Intervyuning o‘zi 29 aprel kuni Pegov kanalida e’lon qilingan.
Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi 15 maydan kechikmay boshlanadi va bu Rossiya uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek u intervyusida «Vagner» «ma’lum bir vaqtdan keyin faoliyatini to‘xtatadi» degan.
Mavzuga oid
22:12 / 25.09.2024
FT: Yevgeniy Prigojin pullarni yashirin ravishda g‘arb banklari orqali o‘tkazgan
20:33 / 18.09.2024
Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
13:16 / 11.09.2024
“Jangda ortga chekingan sheriklarimizni otib tashlash topshirig‘i berilgandi” – yana bir o‘zbekistonlik vagnerchiga hukm o‘qildi
21:36 / 30.08.2024