AQSh Kiyevga 300 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Kiyevga 300 million dollar miqdorida navbatdagi harbiy yordam paketi taqdim etishini e’lon qildi.
Yangi ta’minot HIMARS (High Mobility Artillery Rocket System) yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, gaubitsalar, artilleriya va minomyot snaryadlari, raketalar, yengil o‘qotar qurollar va ularga o‘q-dorilar, shuningdek, tankka qarshi qurollar, yuk mashinalari va og‘ir qurollarni tashish uchun treylerlar, ehtiyot qismlar va boshqa jihozlarni o‘z ichiga oladi, deb xabar berdi Pentagon.
Oq uyda ta’kidlanganidek, yangi paketda Ukrainaning rejalashtirilgan qarshi hujumi arafasidagi so‘rovlari inobatga olingan.
Avvalroq Daniya Ukrainaning bo‘lajak hujumini qo‘llab-quvvatlash uchun ukrainaliklarga yangi 1,7 milliard krona (taxminan 250 million dollar) miqdoridagi harbiy yordam paketini taqdim etishi ma’lum bo‘lgandi.
Daniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu paketga minadan tozalash vositalari, o‘q-dorilar, dala ko‘priklari va havo hujumidan mudofaa qurilmalari hamda boshqa narsalar kiradi.
Mavzuga oid
23:47 / 01.10.2024
Bayden amerikalik harbiylarga Isroilga yordam berishni buyurdi
21:19 / 01.10.2024
Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishi mumkin – OAV
20:41 / 01.10.2024
AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter 100 yoshga to‘ldi
09:50 / 01.10.2024