JSST koronavirus hech qachon butunlay yo‘q qilinmasligini aytdi
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, faqat uning oqibatlarini bartaraf etish mumkin.
Koronavirus infeksiyasi hech qachon butunlay yo‘q qilinmaydi, chunki uning hayvonlardan odamlarga yuqish usullari buni juda qiyinlashtiradi, deb ogohlantirdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Mayk Rayan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, faqatgina COVID-19 sababida kelib chiqqan oqibatlarni bartaraf etish mumkin.
«Koronavirusni butunlay yo‘q qilish deyarli ilojsiz, ammo biz u keltirib chiqaradigan sog‘liq uchun favqulodda vaziyatlarni tugatishimiz mumkin», deb qo‘shimcha qildi u.
5 may kuni JSST 2020 yildan beri amalda bo‘lgan global koronavirus pandemiyasi holatini bekor qildi. Pandemiya 1150 kun davom etdi.
Mavzuga oid
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
17:08 / 30.10.2024
Dunyoda silga chalinish holatlari oshdi – JSST
00:26 / 27.10.2024