O‘zbekiston | 10:58 / 06.05.2023
16077
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda yuk mashinasi uch kishini urib yubordi. Yo‘lovchilardan biri halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ko‘rish mumkin, mast holda bo‘lgan fuqarolar yuk mashinasining kelayotganini ko‘rib yo‘lning o‘rtasiga chiqib boravergan.

Videodan kadr

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Viloyat IIB YHBB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 5 may kuni soat 15:30 larda sodir bo‘lgan.

Sariosiyo tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro JBC rusumli yuk mashinasini 4N-1581 yo‘lining Sariosiyo tumani Kelajak sari mahallasidan o‘tgan 6-kilometrida boshqarib kelib, mast holda yo‘lni kesib o‘tayotgan uch nafar piyodani urib yuboradi.

Oqibatda ulardan ikki nafari tan jarohati olib tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro olgan og‘ir tan jarohati tufayli shifoxonada vafot etgan.  

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid