O‘zbekiston | 12:55 / 07.05.2023
11982
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistondagi to‘rtinchi Wendy's restorani Taras Shevchenko ko‘chasida o‘z eshiklarini ochmoqda!

Foto: Wendy’s

Wendy's Toshkentda o‘zining to‘rtinchi restoranini ochmoqda. Ochilish marosimida DJ Sam, boshlovchi Soti Kamalov, taniqli fokuschi va illyuzionist Dmitriy Polyakov, shuningdek, professional akvagrimer, animator va sirk artistlari bo‘ladi. Xar bir qatnashgan mehmonlarning har biri sovg‘alarga ega bo‘lishadi va “1+1” aksiyasi ishtirokchisiga aylanishadi.

Wendy's Toshkentning Taras Shevchenko ko‘chasida o‘zining to‘rtinchi restoranini ochadi. Yangi Wendy's restorani amerikacha tezkor tamaddixona xo‘randalari uchun sevimli joy bo‘lishni va’da qilmoqda, u yerda siz mashhur to‘rtburchak kotletli mazali burgerlari va qarsildoq kartoshka qalamchalarini tatib ko‘rishingiz mumkin.

Ochilish marosimi taniqli boshlovchi Soti Kamalov, DJ Sam, taniqli fokuschi va illyuzionist Dmitriy Polyakov, shuningdek, professional akvagrimer, animator va sirk artistlari va mashhur Zlotnikov raqs guruhining chiqishlari bilan boshlanadi.

Bundan tashqari, shu kuni barcha tashrif buyuruvchilar kutgan “1+1” aksiyasi ham bo‘lib o‘tadi. Bu aksiyada restoran ochilgan kuni siz bitta Wendy's burger narxiga ikkita Wendy's burger sotib oling! Shoshiling, taklif cheklangan!* Shuningdek, har bir tashrif buyuruvchi Wendy's mahsulotlari va sovg‘a vaucherlarini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

8 may kuni uzoq kutilgan Wendy's Shevchenko ochilishini o‘tkazib yubormang. Keling va do‘stlaringiz hamda oilangiz bilan amerikacha burgerlarning ta’mini tatib ko‘ring! Tadbir 16:00 da boshlanadi. Kirish bepul.

*1+1 aksiyasi faqat Shevchenkodagi yangi restoranda 8 may – restoranning ochilish kunida amal qiladi. Aksiya yetkazib berish xizmatini o‘z ichiga olmaydi.

Manzil: Taras Shevchenko ko‘chasi, 38-uy.

Telefon: +998 95 078 01 11

Barcha yangiliklar: @wendys_uzbekistan

Wendy’s O‘zbekistonda 2030 yil oxirigacha o‘z filiallarini 20 dan oshirib, 650 dan ortiq ish o‘rni yaratishni rejalashtirgan.

The Wendy’s Company 1969 yilda Dev Tomas tomonidan Kolumbusda (AQSh, Ogayo shtati) tashkil etilgan. Wendy’s hozirda butun dunyo bo‘ylab 7000 dan ortiq restoranlarni boshqaradi. O‘zbekistondagi birinchi Wendy’s restorani 2019 yilda ochilgan.

Wendy’s’ning Markaziy Osiyodagi franchayzi va operatori Kusto Group xalqaro xoldingidir. Guruh 10 ta davlatda (Kanada, Xitoy, Gruziya, Isroil, Qozog‘iston, Rossiya, Singapur, Turkiya, V’yetnam, Ukraina) 30 dan ortiq kompaniyaga ega. Faoliyatining asosiy yo‘nalishlari - agrobiznes, neft va gaz, ko‘chmas mulk, qurilish materiallari va chakana savdoni tashkil etadi.

Reklama

Mavzuga oid