Jamiyat | 18:59 / 10.05.2023
22628
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

AQShning Ruzvelt universiteti va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturini ochdi

Foto: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Joriy yilning aprel oyida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Chikago shahrida joylashgan Ruzvelt universitetida bo‘lishdi. Tashrif davomida Ruzvelt universiteti prezidenti Ali Malekzoda va Toshkent Kimyo xalqaro universitetining (TKXU) ta’sischisi Alisher Vahobov tashabbusi bilan bakalavr va magistratura yo‘nalishlarida ta’lim dasturlarini ochish hamda professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslarini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, hamkorlik ramzi sifatida umumiy loyihalar ustida ishlash uchun tashkil qilingan markazning ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimidan so‘ng Ruzvelt universitetining prezidenti Ali Malekzoda va vakillarimiz o‘rtasida muzokaralar boshlandi. Unda TKXU rektori Jonpo‘lat Kudaybergenov hamkorlikda amalga oshirilishi reja qilingan loyihalar bo‘yicha taqdimot qildi. Undan so‘ng esa, hamkorlikda tashkil qilinayotgan ta’lim dasturlarining shartlari va talabalar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlar MBA dasturi bo‘yicha dunyoda e’tirof etilgan standartlar va mahalliy ishbilarmonlik muhitining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda magistratura yo‘nalishida 1+1 dasturi asosida o‘qitish bosqichlarini muhokama qilishdi.

Xususan, hamkorlik dasturi asosida dastlabki o‘quv yili Toshkent Kimyo xalqaro universitetida va qolgan muddati esa Ruzvelt universitetida o‘qitish tartibi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv so‘ngida Ruzvelt universitetining Prezidenti Ali Malekzoda ta’lim orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi ilm, madaniyat va iqtisodiy sohadagi hamkorlikni faol qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi.

2023/2024 o‘quv yili uchun MBA dasturiga qabul shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Toshkent Kimyo xalqaro universitetining rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari AQShning bir qator nufuzli universitetlari qatoriga kiruvchi Georg Foks, Portland davlat universiteti, Oregon shtatida joylashgan Korban universiteti, Texas shtatidagi Baylor va Hauston universitetlari vakillari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, sal avval yurtimizda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Ruzvelt Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Ma’lumot o‘rnida: 2022 yilning oktabr oyida “Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti” nomi “Toshkent Kimyo xalqaro universiteti” nomiga o‘zgartirilgan edi.

Universitet faoliyati Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalangan. (Lisenziya: №044527)

IQAA va KAZSEE agentliklarining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi sertifikatlariga ega.

Universitet ta’lim yo‘nalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil ma’lumotlarni www.kiut.uz rasmiy veb-sahifasidan olish mumkin.

Universitetning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Web-page: www.kiut.uz 

Telegram: t.me/kiut_official

Facebook: facebook.com/kiut.uz

Instagram: instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal

Reklama

Mavzuga oid