Yangihayotda o‘ldirilgan 12 yoshli qizning qotilligi bo‘yicha tergov yakunlandi. Ish sudga oshirilgan
31 yanvar kuni Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning murdasi topilgan, 29 yoshli erkak qotillikda gumonlanib, qo‘lga olingandi.
Bosh prokuratura qizning jasadida zo‘rlik va qotillik alomatlari borligini ma’lum qilgan, holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qotillik) 2-qismi “v, z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Dastlabki rasmiy xabarda jinoyat ishidagi asosiy gumondor – 29 yoshli erkak marhum yashagan uyda ustachilik qilgani, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangani keltirilgandi.
Keyinchalik gumonlanuvchi marhumning qo‘shnisi ekani ma’lum bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, qizcha qidirilayotganda u ham qo‘shnilarga qo‘shilib birga qidirishgan, odamlar qizning murdasi yotgan tomonga bormoqchi bo‘lganda ularni chalg‘itib boshqa joyga olib ketgan. Marhumning onasi unga umrbod qamoq jazosi berilishini so‘ragandi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning xabar berishicha, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlangan.
“Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Mazkur voqea jamoatchilik orasida rezonansga sabab bo‘lgan, ijtimoiy tarmoqlarda qotil-pedofilga qat’iy jazo berilishi, pedofillikka moyil shaxslarga nisbatan jazo choralari kuchaytirilishi haqida chaqiriqlar yangragandi.
“Davlat har bir bolaning maktabga bemalol borib-kelishi, ko‘chada qo‘rqmasdan o‘ynashi uchun sharoit yaratishi lozim”, deya ta’kidlagandi faollardan biri.
Holatga munosabat bildirgan Bolalar ombudsmani esa voyaga yetmagan shaxslarga jinsiy zo‘ravonlik qilganlar afv etilmasligi, muddatidan avval shartli ozodlikka chiqarilmasligi kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024
Navoiydagi cho‘lda 10 nafar yigit pichoqlashdi
11:44 / 30.10.2024