JSST maymun chechagi tufayli joriy etilgan favqulodda holat tartibini bekor qildi
2023 yil may oyiga kelib, 111 ta mamlakatda 87 mingta maymun chechagi infeksiyasi va undan 140 ta o‘lim holati qayd etilgan.
Maymun chechagi epidemiyasi sababli 2022 yil avgustida joriy etilgan favqulodda holat tartibi bekor etildi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyyesus e’lon qildi.
«Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi menga xalqaro ahamiyatga molik sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat tugatilganini e’lon qilishni tavsiya etdi. Men bu tavsiyaga rozi bo‘ldim. Maymun chechagi endi global favqulodda holat emas», dedi Gebreyyesus.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil may oyiga kelib, 111 ta mamlakatda 87 mingta maymun chechagi infeksiyasi va undan 140 ta o‘lim holati qayd etilgan. JSST 2022 yil iyul oyida maymun chechagi epidemiyasini sog‘liqni saqlash uchun favqulodda holat deb e’lon qilgan edi.
Gebreyyesus so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 3 oy ichida infeksiya yuqtirganlar soni oldingi 90 kunga nisbatan 90 foizga kamaygan.
Maymun chechagi — hayvonlar va odamlarning yuqumli kasalligi bo‘lib, isitma, umumiy intoksikatsiya va ekzantema (toshmalar) paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Uni keltirib chiqaradigan patogen genetik jihatdan tabiiy (inson) chechagiga yaqin.
JSST maymun chechagidan o‘lim darajasini 3-6 foizga baholadi.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
13:54 / 18.09.2024
Koronavirusning yangi varianti XeC tarqalmoqda: u oldingilaridan qanday farq qiladi?
21:15 / 13.09.2024
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
15:54 / 07.09.2024