Jamiyat | 19:00 / 17.05.2023
17406
4 daqiqa o‘qiladi

ISHONCH do‘konlar tarmog‘i o‘zining 4 ta yangi filialini ishga tushirdi

Foto: ISHONCH do‘konlar tarmog‘i

Hozirgi kunda ISHONCH brendi – respublika bo‘ylab mahsulotlarni qulay shartlar asosida, muddatli to‘lovga xarid qilish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan yirik kompaniya bo‘lib, uning asosiy faoliyati aholiga yuqori va sifatli xizmat ko‘rsatish, yurtimizning chekka manzillarida ham kompaniya xizmatlarini yo‘lga qo‘yish va buning natijasida aholining yashash tarzini yanada yaxshilashga yo‘naltirilgan.

Ayni paytda ISHONCH do‘konlar tarmog‘iga kiruvchi filiallarning soni 80 ga yaqin bo‘lib, ularning barchasi respublikamiz aholisini malakali xizmatlar va bir qator qulayliklar bilan ta’minlab kelmoqda. Joriy oyning ilk kunlarida ISHONCH do‘konlar tarmog‘i yana 4 ta yangi filialini ishga tushirdi. Ushbu filiallar Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, Samarqand viloyati Narpay va Nurobod tumanlarida hamda Surxondaryo viloyatida ilk filial Denov tumanida barcha uchun o‘z eshiklarini ochdi. 

Odatdagidek, barcha do‘konlarning ochilish marosimlari tantanali ravishda bo‘lib o‘tib, tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan ramziy lentalar qirqildi. Taklif etilgan musiqiy guruhlarning chiqishlari barchaga quvonch va a’lo kayfiyat ulashdi. Tashrif buyurgan barcha mijozlar do‘kon rastalarida taqdim etilgan mahsulotlarning keng assortimenti bilan tanishib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, ISHONCH do‘konlar tarmog‘ida 7000 dan ziyod mahsulot turlari mavjud. Malakali xodimlar kelgan mehmonlarga barcha qiziqtirgan ma’lumotlarni taqdim etib, do‘kon bo‘ylab hamrohlik qilishdi va xarid qilishdagi qulayliklar bilan tanishtirib o‘tishdi. 

ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining mijozlari uchun ko‘zda tutilgan qulayliklardan tashqari, muntazam ravishda turli xil tanlovlar, yutuqli o‘yinlar va aksiyalar o‘tkazib kelinadi. Hozirda ham barcha filiallarda ISHONCHLI MIJOZ aksiyasiga start berilgan bo‘lib, ushbu aksiya doirasida xaridorlar ISHONCH do‘konlar tarmog‘ida 2 mln so‘m va undan yuqori xaridlar qilish natijasida 6 ta Cobalt avtomobili va 450 ta qimmatbaho sovg‘alardan birini yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Aksiya joriy yil 1 maydan 31 iyulga qadar, 6 ta bosqichda bo‘lib o‘tadi. Har bir bosqich yakunida g‘oliblar tasodifiy raqamlar generatori orqali, kompaniyaning YouTube rasmiy kanalida jonli efirda aniqlanadi.

Tez kunlarda ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining yangi filiallari Samarqand viloyati Qo‘shrabot va Bulung‘ur tumanlari, Buxoro viloyati Shofirkon tumani, Jizzax viloyati Paxtakor tumani va Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida o‘z faoliyatini boshlaydi.

ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining barcha filiallari dam olish kunlarisiz aholiga xizmat ko‘rsatadi va barcha xaridorlarga sifatli hamda malakali yordam ko‘rsatishga tayyor. Siz ham tashrif buyuring va o‘zingiz ishonch hosil qiling.         

Batafsil ma’lumot, savol va murojaatlar uchun:

+99873-515-22-22, ishonch_chatbot

Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari:

Telegram: t.me/ishonch  

Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz

Facebook: facebook.com/ishonchsavdouz

YouTube: youtube.com/c/ishonchsavdo

Sayt: www.ishonchsavdo.uz

Reklama

Mavzuga oid