Jahon | 08:42 / 18.05.2023
4932
2 daqiqa o‘qiladi

Finlandiya rossiyalik oligarx Rotenbergning hisoblarini muzlatib qo‘ydi

Helsinki sudi rossiyalik oligarxga aloqador kompaniya uchun mo‘ljallangan 323 ming yevroni musodara qildi, deb yozadi Helsingin Sanomat.

Foto: TASS

Helsinki shahar apellyatsiya sudi quyi sud qarorini bekor qildi va rossiyalik oligarx Arkadiy Rotenberg kompaniyasiga aloqador hisobdagi million yevroning uchdan bir qismini muzlatib qo‘yishga ruxsat berdi. Bu haqda 17 may, chorshanba kuni Finlandiyaning Helsingin Sanomat gazetasi xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, gap Dubayda mineral o‘g‘itlar sotib olgan Finlandiya kompaniyasi bilan kelishuv haqida ketmoqda. 2021 yil oktyabr oyida sud Dubay Agricultural Minerals DMCC foydasiga 323 ming yevro to‘lovni xatlovga oldi, chunki Rotenberg ularga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita kirish huquqiga ega deb qaror qilindi.

Tuman sudi bu qarorni bekor qildi, biroq apellyatsiya sudi ayblov tomonida bo‘lib, mablag‘larni xatlovga olishni buyurdi. Dalil sifatida u Dubay kompaniyasi haqiqatan ham Rotenberg nazorati ostidagi Rossiyaning “Minudobreniya” aksiyadorlik kompaniyasi nomidan ish olib borayotganini ko‘rsatgan OAV tekshiruvlarini hisobga oldi.

Apellyatsiya sudi Agricultural Minerals'dan pul sanksiya ostidagi shaxsga o‘tkazilmasligi yoki foydalanilmasligi to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishni so‘ragan bo‘lsa-da, ularni olmagan.

Mavzuga oid