Jahon | 11:57 / 18.05.2023
12817
5 daqiqa o‘qiladi

“Sahro marvaridi”. Nima uchun Ras-al-Xaymaga borish kerak?

Ras al-Xaymaning bir tomoni dengiz, bir tomoni tog‘lar. Bu yerga kelib, dengiz sohilida dam olishdan tashqari, arab xalqining madaniyati, urf-odatlari, osori-atiqalari bilan ham tanishish mumkin.

Foto: Kun.uz

Centrum Air aviakompaniyasi hamda Canaan Travel hamkorlikda 28 apreldan 5 mayga qadar O‘zbekistondagi bir qator ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Ras-al-Xayma shahriga media-tur tashkil qildi.

Safar ishtirokchilari 7 kun davomida shaharning eng diqqatga sazovor joylari, turizm salohiyati, mahalliy aholining o‘ziga xos madaniyati, qadriyatlari bilan tanishishdi.

Nima uchun Ras-al-Xaymaga borish kerak?

Ras-al-Xayma BAAning eng shimoliy qismida joylashgan. Bu yerdagi ajoyib va xilma-xil landshaftlar, hashamatli plyajlar va nisbatan o‘rtacha narxlar ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.

Turar joy

Ras-al-Xayma – ortiqcha shovqinsiz, birmuncha osuda shahar. Bu yerga dunyoning turli chekkalaridan sayyohlar kelishadi, u yerga yolg‘iz ham, oilaviy bo‘lib ham bemalol borish mumkin. Shaharda Hilton, Radisson, Rixos, Mövenpick va boshqa mashhur brend mehmonxonalar mavjud.

Barcha mehmonxonalar All inclusive (hammasi ichida) tizimi bo‘yicha ishlaydi. Bu esa o‘z navbatida hamyonbop oilaviy dam olish uchun juda qulay.

Marvarid fermasi

Ras-al-Xaymaga tashrif buyurgan sayyohlar qayiqda ulug‘vor Al-Hajar tog‘ tizmalari etagida joylashgan baliqchilik qishlog‘iga hayajonli sayohatga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. U yerda siz bugungi kunda marvarid qazib olishda qo‘llanadigan innovatsion ilmiy usullar bilan tanishasiz va “Suvaydi marvaridlari” fermasiga tashrif buyurasiz. Ekskursiya oxirida tashrif buyuruvchilarga chig‘anoq ichidan o‘zlari marvarid olish imkoniyati taqdim qilinadi. Shuningdek, Ras-al-Xaymadagi eng yaxshi marvaridlardan iborat ajoyib kolleksiyani tomosha qilishingiz mumkin.

Ras-al-Xayma marvarid sanoati bir necha ming yillik tarixga egaligi boisdan ham shaharni “amirliklar marvaridi” deya e’tirof etishadi.

 

Noyob ziplayn

Sayohat davomida siz dunyodagi eng uzun zipline'da uchib, tik tog‘ cho‘qqilari ustidan 120 km/soat tezlikda uchayotgan lochinning sho‘ng‘ish zavqini his qilishingiz mumkin. Uning uzunligi – 2,83 km!

Jais Sledder

Bu attraksion sizga Hajar tog‘ tizmasi cho‘qqisidan soatiga 40 kilometr tezlikda pastga qarab chanada harakatlanish va ajoyib tog‘ manzaralaridan zavqlanish imkoniyatini beradi. Yuqoridan pastga tomon harakatlanganingiz uchun tezlik o‘n barobar yuqoriroq seziladi. Ikki kishilik maxsus chana 1840 metr masofani taxminan 8 daqiqada bosib o‘tadi.

Bassata Desert Village

Ushbu maskan Ras-al-Xayma sahrosining markazida joylashgan bo‘lib, yon-atroflari qumliklar bilan o‘ralgan. Sayohat davomida avtomobilda qumtepalar oralab harakatlanish, tuya minish va ochiq tabiatda yurgan hayvonot olami bilan tanishish o‘ziga xos ajoyib taassurot qoldiradi. Guvohi bo‘ldikki, turizmning ushbu yo‘nalishi ham butun dunyodan kelgan mehmonlarni o‘ziga jalb qilmoqda.

Sahroning qoq o‘rtasidagi Bassata badaviylar lagerida ko‘chmanchi arab qabilalari qay tarzda hayot kechirgani haqidagi taassurotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Ras-al-Xaymaga sayohat qimmatga tushishi mumkindek tuyulishi mumkin, lekin bunday emas – to‘plamli tur (havo sayohati, mehmonxonada joylashish, transfer va gid xizmatlarini o‘z ichiga olgan tur) mustaqil sayohatdan ko‘ra ancha arzon.

Canaan Travel agentligi sizga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Turkiya, Misr, Tailand, Vetnam, Chernagoriya, Shri-Lanka, Mardiv orollari va Kavkaz mamlakatlariga barcha qulayliklarni o‘z ichiga olgan ajoyib tur paketlarni taklif etadi.

O‘zbekistonning turli hududlari yoki xorijga uchish maqsadida aviachiptalar izlayotgan bo‘lsangiz, kundan kunga o‘zining hamyonbop va qulay xizmatlari bilan yo‘lovchilarning mehrini va hurmatini qozonib borayotgan Centrum Air aviakompaniyasi xizmatidan foydalaning.

Canaan Travel & Centrum Air bilan dam olish qulay va hamyonbop!.

Hamkorlik asosida tayyorlandi.

Mavzuga oid