Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul boshlandi
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlanishi munosabati bilan ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Universitet o‘z ichiga 5ta ta’lim maktabini olgan bo‘lib ular 28ta yo‘nalishdan tashkil topgan va siz kunduzgi, kechki hamda sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida:
- O‘zbek
- Ingliz
- Rus tillarida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Shu munosabat bilan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida abituriyent va ularning ota-onalari uchun, ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Ochiq eshiklar kunida qabul komissiyasi a’zolari tomonidan universitetda mavjud yo‘nalishlar va qiziqtirgan savollarga javob berish bilan birga universitet o‘quv binolari va laboratoriyalari bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Undan tashqari, Rang-tasvir va Robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar tomonidan master klasslar tashkil qilindi. Tarjimashunoslik va Koreys filologiyasi yo‘nalishi talabalari tomonidan Xitoy madaniyatiga oid sahna ko‘rinishlari taqdimoti o‘tkazildi.
“Bugun universitetimizda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda universitetimizda mavjud bo‘lgan, 5ta ta’lim maktablarimizga kiruvchi jami 28ta yo‘nalish haqida abituriyentlarga ma’lumotlar berdik.
Tashrif buyurganlar orasida tibbiyot maktabiga kiruvchi, davolash ishi va stomotologiya yo‘nalishlariga qiziquvchilar abituriyentlar sonining ko‘pligi bizni quvontirdi. Biz ularga imtihon jarayonidan boshlab, to o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng qayerda ish faoliyatlarini olib borishlari mumkinligigacha bo‘lgan jarayonlar haqida batafsil ma’lumot berdik”, - dedi davolash ishi yo‘nalishi rahbari Jobir Ahmedov.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti dastlabki to‘rt yil davomida “Toshkent shahridagi Yodju texnika Instituti” brendi ostida faoliyat yuritdi. Qisqa vaqt ichida ta’lim yo‘nalishlari soni 28taga yetdi, institut ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi, shuningdek, 9ta ta’lim dasturi bo‘yicha xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Shu bilan birga ilk tashkil qilingan gumanitar va iqtisodiy yo‘nalishlar Oliy ta’lim sifatini kafolatlash Yevropa registrining (EQAR) ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Yaqin yillarda texnik yo‘nalishlarni EUR-ACE (European Accredited Engineer) ma’lumotlar bazasiga kiritish va barcha ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish asosiy strategik vazifa qilib belgilab olindi.
Hozirga kelib hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari tarmog‘i kengaydi. Ilk yillarda Janubiy Koreya Respublikasining Yodju texnika instituti asosiy hamkor bo‘lgan bo‘lsa, ayni damda turli mamlakatlardagi hamkor universitetlar soni 50dan ortdi va shulardan Xanyang, Gachon, Xankyong kabi universitetlar bilan yaqin ta’lim aloqalariga ega bo‘ldik. Shular qatoriga Chosun, Chonju, Dayegu (Koreya Respublikasi), Ruzvelt universiteti (AQSh), NILE va Starklayd universitetlari (Buyuk Britaniya), Riga texnika universiteti, Turiba universiteti va Boltiq xalqaro akademiyasi (Latviya Respublikasi), Berlin texnika Universiteti va Xalqaro amaliy fanlar universiteti (Germaniya), Yildiz texnika universiteti va Istanbul Aydin universiteti (Turkiya) va boshqa ko‘plab universitetlar kiradi.
Hamkor universitetlar va xalqaro akkreditatsiya komissiya ekspertlarining bir qator takliflarini inobatga olib, institut maqomini xalqaro universitet darajasiga ko‘tarish maqsadida rebrending o‘tkazishga qaror qilindi. 2022 yilning oktabr oyidan boshlab oliy ta’lim muassasasi “Kimyo Toshkent xalqaro universiteti” nomini oldi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ta’lim, fan va texnika sohalaridagi so‘nggi yutuqlarni hisobga olgan holda rivojlangan davlatlar, jumladan, Koreya va Yevropa mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan kredit-modul tizimiga asoslangan ta’lim dasturlarini amalga oshirishda davom etmoqda.
Universitetda nazariy bilimlarni chuqur tayyorlash bilan birga talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish, iqtisodiyotning real tarmoqlari bilan akademik va amaliy aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, universitetda “2+2”, “3+1”, “2+1+1” va “2+2+1” almashinuv ta’lim dasturlarini taqdim etish orqali zamonaviy bilimlarni olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, hamkor universitetlar bilan akademik mobillik dasturlari ham mavjud. Bundan tashqari, universitet infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yaxshilash va o‘quv jarayoniga xalqaro yetakchi olimlar, o‘qituvchilar va amaliyotchilarni jalb etish ishlari davom ettirilmoqda.
Universitetning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Web-page: www.kiut.uz
Telegram: t.me/kiut_official
Facebook: facebook.com/kiut.uz
Instagram: instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal
Reklama
Mavzuga oid
17:00 / 04.11.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yaponiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
19:00 / 28.08.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida qabul davom etmoqda
15:00 / 27.05.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida yangi yo‘nalishdagi “Art Engineering” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
19:00 / 24.04.2024