Gulistonda olib qochilgan mashina YTHga uchragan holda topildi
Voyaga yetmagan shaxs avtomashinani qoldirib, o‘zi hodisa joyidan yashiringan.
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida olib qochilgan mashina YTHga uchragan holda topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Guliston shahar, Navbahor mahallasi Xondamir ko‘chasida sodir bo‘lgan. Voyaga yetmagan Sh.O. mazkur ko‘chada turgan Nexia’ni g‘ayriqonuniy ravishda ochib, kaliti turganidan foydalanib, uni olib qochgan.
U mashinada ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Guliston shahar 6-sonli umumta’lim maktabi binosini o‘rab turuvchi temir panjaraga katta tezlikda borib urilgan va avtomashinani qoldirib, o‘zi hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Sh.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:22
Tadbirkorlarni quyosh paneli olishga majburlagan Sirdaryo HETK: “Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”
14:07
Romitan hokimi yordamchisi sodir etgan YTHda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
08:58
Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi
15:26 / 20.09.2024