25 yoshga to‘lmaganlarga xorijga chiqish pasporti endi 5 yil muddatga berilyapti
O‘zbekistonning 25 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari uchun xorijga chiqish pasporti endi 5 yil muddatga berilyapti. Ilgari hujjat 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarga 5 yil muddatga, 16 yoshdan oshgan fuqarolarga 10 yil muddatga berilgan.
Gazeta.uz’ning yozishicha, qonun hujjatlariga prezidentning 2022 yil 16 iyundagi qarori bilan o‘zgartirish kiritilgan. Rasmiy organlar va OAV pasport berish tartibini soddalashtirgan (xususan, uni ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar olishga ruxsat etilgan) ushbu hujjat haqida xabar bergan, ammo yoshni 16 yoshdan 25 yoshgacha oshirish bandi e’tibordan chetda qolgan.
Pasport olish bo‘yicha aksariyat saytlar, jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida hamon eski ma’lumotlar mavjud. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun pasport hali ham 2 yil muddatga beriladi.
2022 yilning noyabr oyidan boshlab davlat xizmatlari portalida pasport berish xizmatlarini ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatilgandi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining xati asos qilib olingan.
«Xorijga chiqish pasportini olish uchun murojaat qilgan ayrim o‘zbekistonliklarning bildirishicha, 22−23 yoshgacha bo‘lgan har ikki jinsdagi fuqarolar bilan terrorizmga qarshi kurash bo‘limi vakili va mahalladagi uchastka inspektori suhbat o‘tkazgan», deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, yoshlardan chetga chiqish maqsadi va xorijda qolish muddati, ota-onalarning sayohat haqida xabardorligi so‘raladi. Ba’zilar ro‘yxatdan o‘tish joyida yoshlar bilan ishlash tashkilotidan ma’lumotnoma so‘rashganini aytgan.
Mavzuga oid
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
18:34 / 04.10.2024
Kreativ iqtisodiyot sohalaridagi faoliyat yo‘nalishlari qonun bilan belgilandi
14:21 / 02.10.2024