NATO Ukraina bilan qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha bitim imzolaydi
Bitim loyihasiga ko‘ra, Kiyevga qurol yetkazib berish uzoq muddatli bo‘ladi. NATO va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar AQSh-Isroil xavfsizlik munosabatlariga o‘xshash bo‘lishi mumkin.
NATO davlatlari Ukraina bilan shartnoma loyihasini ishlab chiqmoqda, unga ko‘ra Kiyev uzoq muddatli asosda G‘arb qurollari va harbiy texnologiyalarini oladi, dedi Polsha prezidenti Anjyey Duda dushanba, 22 may kuni Amerikaning The Wall Street Journal (WSJ) gazetasiga bergan intervyusida. «Rossiya bugun Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olganini va bu kafolatlar tez orada tugamasligini tushunishi kerak», dedi Duda.
WSJ ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Jo Bayden va G‘arb boshqa yetakchilari avvalroq NATO-Ukraina munosabatlari AQSh-Isroil xavfsizlik munosabatlaridan namuna olishi mumkinligini aytishgan. Hozirda Qo‘shma Shtatlar va Isroil o‘rtasida o‘n yil davomida Isroilga ko‘p milliard dollarlik Amerika qurollarini yetkazib berishni nazarda tutuvchi kelishuv mavjud. Shu bilan birga, u tashqi tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda AQShning Isroilga yordam ko‘rsatish majburiyatini anglatmaydi.
The Wall Street Journal Oq uy vakiliga tayanib xabar berishicha, G‘arb ittifoqchilari Ukrainaga uzoq muddatli xavfsizlikni ta’minlash uchun hamkorlik formulasini ishlab chiqishga harakat qilmoqda, chunki ular Ukraina, aftidan, yaqin yillarda NATO a’zosiga aylanmasligidan kelib chiqyapti. Bunday kelishuv Kremlning uzoq davom etadigan urush o‘z manfaatiga xizmat qilishi va G‘arbning Ukrainaga ko‘magi vaqt o‘tishi bilan susayishi haqidagi illyuziyasini yo‘q qilishi kerak.
NATO-Ukraina kengashi tuzilishi iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida e’lon qilinishi kutilmoqda. Kiyev kengash yig‘ilishlarini chaqirish va Shimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlariga yordam so‘rab murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi. AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berish bo‘yicha kelishuvning bevosita ishtirokchilariga aylanishi kerak.
Mavzuga oid
21:09 / 05.11.2024
Saylovdan keyin Amerika Rossiya va Ukrainaga nisbatan siyosatini o‘zgartiradimi?
15:30 / 05.11.2024
Zelenskiy: Oktyabrda Ukrainaga 2 mingdan ortiq dron hujum qildi
14:50 / 05.11.2024
Janubiy Koreya Ukrainaga kuzatuvchilar va tahlilchilar guruhini yuborish imkonini ko‘rib chiqmoqda
11:10 / 05.11.2024