Braziliya prezidenti Rossiyaga borishdan bosh tortdi
U Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini izlashga chaqirdi.
Braziliya prezidenti Inaciu Lula da Silva Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiyaga tashrif buyurish taklifini rad etdi.
«Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda gaplashdim. Unga Sankt-Peterburgdagi Xalqaro iqtisodiy forumga tashrif buyurish taklifi uchun minnatdorchilik bildirdim», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
U Putinga Rossiyaga bora olmasligini aytgan. Siyosatchi, shuningdek, Hindiston, Indoneziya va Xitoy bilan birgalikda Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish «imkoniyatini» izlashga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
Kreml xabariga ko‘ra, Lula da Silva «yechim topish uchun vositachilik qilish mumkin bo‘lgan sa’y-harakatlari haqidagi tasavvurini bayon qilgan». Putin esa «Rossiya tomoni siyosiy va diplomatik yo‘lda muloqotga ochiq» ekanini aytgan.
Avvalroq Braziliya prezidenti Ukrainadagi urush haqidagi bayonotlari tufayli mojaroga duch kelgan edi. Misol uchun, u urushda nafaqat Rossiya, balki Ukraina ham aybdor ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, urush boshlash to‘g‘risidagi qaror go‘yo ikkala davlat tomonidan qabul qilingan. Bundan tashqari, Lula da Silva Ukrainaga qurol yetkazib berilishini bir necha bor tanqid qilgan.
Xirosimadagi G7 sammitida Braziliya prezidenti Ukraina rahbari Zelenskiy bilan uchrashishi kerak edi, ammo bu amalga oshmadi.
Ukraina prezidenti vaziyatni izohlar ekan, tig‘iz grafik tufayli uchrashuv amalga oshmaganini, Lula esa bundan ranjishi kerakligini aytdi. Braziliya prezidentining o‘zi esa Zelenskiy bilan uchrashmaganidan hafsalasi pir bo‘lganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
22:35 / 11.11.2024
«Tramp bilan ham, G‘arb yetakchilari bilan ham muloqot rejalanmayapti» - Peskov
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
12:57 / 11.11.2024
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi
10:47 / 11.11.2024