O‘zbekistonlik o‘quvchilar Italiya va Ozarboyjon tanlovlarining g‘oliblariga aylanishdi
Joriy yilning 16-21 may kunlari Italiyaning Barletta shahrida bo‘lib o‘tgan “Città di Barletta” nomli 33-Xalqaro yosh ijrochilar tanlovida Italiya, Germaniya, Bolgariya, Xitoy, Kanada, Rossiya, Birlashgan Arab Amirligi, Ukraina, Tailand, Koreya, Marokash, Serbiya, Isroil, Sloveniya, Polsha, Irlandiya, Armaniston kabi davlatlar qatori O‘zbekistondan ham o‘quvchilar munosib qatnashishdi.
Mazkur maktabning 2-sinf o‘quvchisi Sevinch Azimova 1-o‘rinni, 10-sinf o‘quvchisi Muxlisa Sobitjonova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va D. Amanullayeva “Amir Temur tushlari” asari ijrosi uchun maxsus mukofot bilan taqdirlandi hamda tanlovning yopilish marosimiga bag‘ishlangan gala-konsertda ishtirok etdi.
11-sinf o‘quvchisi Alisa Salyaxova esa 2-o‘rinni egalladi. 8-sinf o‘quvchisi Saidshoh G‘ulomov Gran-pri bilan taqdirlandi hamda tanlovning yopilish marosimiga bag‘ishlangan gala-konsertda ishtirok etdi.
Shuningdek, joriy yilning 16-23 may kunlari Boku shahrida o‘tkazilgan XIII Xalqaro mug‘om festivalida ham vakillarimiz munosib qatnashib, sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.
Festivalda vazirlik tasarrufidagi R. Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Umarjon Akmalov 1-o‘rinni, Namangan viloyatining 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Madina Karimjonova hamda R. Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Sardor Narzullayevlar 2-o‘rinni, shuningdek, bir nafar Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchisi Og‘abek Axtamov faxrli 3-o‘rinni egalladi.
“Eng yosh mug‘om ijrochisi” sifatida R. Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Umarjon Akmalov e’tirof etildi.
Mavzuga oid
16:01 / 05.11.2024
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi
19:41 / 30.10.2024
Toshkentga to‘rtta kirish darvozasi quriladi
12:10 / 24.10.2024
O‘quvchilar ota-onalari qaysi mahsulot iste’moliga ruxsat bermasligi aytildi
12:58 / 17.10.2024