Tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo‘lgan hudud ma’lum qilindi
4 oyda qaysi hududning tashqi savdo aylanmasi yuqori bo‘lgani ma’lum qilindi.
2023 yilning yanvar-aprel oylarida hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent shahri egalladi — 7,7 mlrd AQSh dollari.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan tashqi savdo aylanmasi hajmi mos ravishda 1,9 mlrd dollar hamda 1,6 mlrd dollarni tashkil etgan Toshkent viloyati va Andijon viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
— Samarqand viloyati – 796 mln;
— Farg‘ona viloyati – 571,4 mln;
— Buxoro viloyati – 445,4 mln;
— Namangan viloyati – 414 mln;
— Navoiy viloyati – 376 mln;
— Jizzax viloyati – 373,5 mln;
— Sirdaryo viloyati – 286 mln;
— Xorazm viloyati – 276 mln;
— Qashqadaryo viloyati – 179 mln;
— Qoraqalpog‘iston R. – 158,3 mln;
— Surxondaryo viloyati – 103 mln.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024