Iqtisodiyot | 07:43 / 29.05.2023
30019
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya O‘zbekistonda xorijiy korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p ekani ma’lum qilindi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra,  2023 yil 1 may holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12 989 tani tashkil etgan. 

O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni eng yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 2 905 ta korxona.

Keyingi o‘rinlardan 1 807 ta korxonaga ega Xitoy va 1 798 ta korxonaga ega Turkiya joy oldi.

Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni bo‘yicha Qozog‘iston va Koreya ham yetakchi beshtalikdan joy olgan. Mos ravishda, 986 ta va 712 ta korxona.

Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning qolgan davlatlar kesimida soni:

— AQSh – 297 ta;
— Qirg‘iziston – 258 ta;
— Tojikiston – 253 ta.

Mavzuga oid