AQSh Janubiy Afrikani Rossiyaga qurol yetkazib berishda ayblagan elchisidan g‘azabda - OAV
Qo‘shma Shtatlar JAR bilan munosabatlarni saqlab qolish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda.
Prezident Jo Bayden ma’muriyati Janubiy Afrikadagi (JAR) elchisidan g‘azablandi va diplomatning bayonotlaridan so‘ng, bu mamlakat bilan munosabatlarni saqlab qolish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Bu haqda Amerikaning Politico nashri yozdi.
May oyida elchi Ruben Brigetti bayonot berib, Janubiy Afrika Rossiya kemasiga qurol yukini sotganini aytgan edi. Shuningdek, u Janubiy Afrika hukumatini «xunuk» aksilamerikanizmda aybladi va mamlakatning «betaraf»ligini shubha ostiga qo‘ydi.
«Bu AQSh rasmiysining hayratlanarli bayonoti edi. Aslida AQSh hukumati Rossiyani global yakkalab qo‘yishga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida Janubiy Afrikaga mulozamat qilishga urinayotgan edi», deb yozdi nashr.
Ba’zi kuzatuvchilar Brigetti xatti-harakatlariga ijobiy munosabatda bo‘lib, AQSh Janubiy Afrikaning rossiyaparastligini e’tibordan qochirmasligi kerak, deb hisoblamoqda. Boshqalari esa, elchi aytgan ayblovlar bo‘rttirilgan va uzoq muddatda Amerika manfaatlariga zarar yetkazishini aytmoqda.
Bayden ma’muriyati darg‘azab janubiy afrikaliklarni tinchlantirishga urinish va o‘z elchisini ochiqchasiga qoralashni istamaslik o‘rtasida muvozanatni saqlashga harakat qildi. Biroq, jurnalistlar bilan suhbatlashgan AQSh rasmiylari Brigettining xatti-harakatlari va uning ayblovlari mohiyatini yoqtirmasligini aniq aytgan.
Qayd etilishicha, elchi bunday gapirish uchun rasman ruxsat olmagan. Bundan tashqari, Brigetti keltirilgan ma’lumotlarni go‘yo Qo‘shma Shtatlarga ayon ekanini aytib, bo‘rttirib yuborgan.
May oyida Qo‘shma Shtatlarning Janubiy Afrikadagi elchisi Ruben Brigetti jurnalistlarga Rossiyaning «Lady R» yuk kemasi dekabr oyida Keyptaundagi Saymonstaun harbiy-dengiz bazasidan qurol olib ketganini aytdi. U o‘z so‘zlarining qanchalik rost ekanini «hayoti bilan qasam ichib» tasdiqladi. Janubiy Afrika hukumati bu ayblovlarni rad etib, uni tanqid qildi.
Prezident Siril Ramafosa Rossiya kemasining Keyptaun portiga kirishi bo‘yicha barcha holatlar va u olib ketgan yuk xarakterini aniqlash uchun maxsus komissiya tuzdi.
Hozircha, ushbu komissiyaning xulosasi e’lon qilinmadi.
Mavzuga oid
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024