«Manchester Siti» Gundo‘g‘anning dubli evaziga «MYu»ni mag‘lub etib, Angliya kubogi sohibiga aylandi
Angliya kubogi finali doirasida «Manchester Siti» «Manchester Yunayted» ustidan g‘alaba qozondi.
«Uembli»da o‘tgan bahsda Ilkay Gundo‘g‘an 14-soniyadayoq hisobni ochgan bo‘lsa, 33-daqiqada Brunu Fernandesh penaltidan muvozanatni tikladi – 1:1.
Ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Gundo‘g‘an ajoyib zarbasi bilan dublga erishdi – 2:1.
Yakunda ushbu natija o‘zgarmadi va «Manchester Siti» Premer-ligadagi chempionlikdan keyin Angliya kubogi sohibiga ham aylandi. Oldinda jamoani 10 iyun kuni «Inter»ga qarshi YeChL finali kutib turibdi.
Angliya kubogi. Final
Manchester Siti – Manchester Yunayted – 2:1
Gollar: 1:0 – 1 Gundo‘g‘an, 1:1 – 33, penalti Brunu Fernandesh, 2:1 – 51 Gundo‘g‘an.
Manchester Siti – Ortega, Uoker, Ruben Diash, Akandji, Stounz, Gundo‘g‘an, de Bryuyne (Foden, 76), Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Xoland.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Lindelef (Maktominey, 83), Shou, Eriksen (Garnacho, 62), Kazemiro, Fred, Brunu Fernandesh, Sancho (Vegorst, 78), Reshford.
Ogohlantirishlar: Uan-Bissaka (45), Fred (79), Ortega (81).
Mavzuga oid
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
16:20 / 02.11.2024
«MYu»da yangi bosh murabbiy. Klub Ruben Amorimni tanlashiga 4 sabab
17:38 / 28.10.2024
«MYu» Erik ten Hagni iste’foga chiqardi
11:34 / 30.09.2024