JAR prezidenti Putinga Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi haqida ma’lumot berdi
Siril Ramafosa Rossiya prezidentiga Afrika davlatlarining tinchlik tashabbusi haqida ma’lumot berdi. Putin Afrika delegatsiyasini Moskvada qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Afrika davlatlari rahbarlarining Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish bo‘yicha rejalashtirilgan tashabbusi haqida xabardor qildi, deb xabar berdi 8 iyun, payshanba kuni JAR prezidenti matbuot xizmati. Putin Afrika davlatlaridan delegatsiyani qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
Bir kun avval Ramafosa vakili Afrika delegatsiyasining Moskvaga tashrifi sanasi hali belgilanmaganini aytdi. May oyida u Afrika delegatsiyasi iyun oyida Ukraina va Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini, u ikki tomonni harbiy harakatlarni to‘xtatish zarurligiga ishontirishga harakat qilishini aytdi.
Iyul oyi oxirida Sankt-Peterburgda Rossiya-Afrika sammiti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ramafosa va Putin o‘rtasidagi telefon suhbatida ushbu sammitni o‘tkazish ham mavzulardan biri bo‘ldi, dedi JAR prezidenti vakili.
So‘nggi paytlarda bir qancha davlatlar, shuningdek, Rim papasi Fransisk Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish tashabbuslari bilan chiqdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa Rossiya bilan tinchlik faqat Kiyev shartlariga ko‘ra bo‘lishi mumkinligini, jumladan, Rossiya qo‘shinlari Ukrainadan to‘liq olib chiqilishi lozimligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
23:02 / 25.09.2024
Putin: «Bizga oddiy qurol bilan hujum ham yadro zarbasiga asos bo‘ladi»
19:43 / 25.09.2024
Rossiyalik mulozimlar va The Washington Post tahlilchilari Kremlning yadroviy tahdidlari «endi hech kimni qo‘rqitmaydi» deyishmoqda
23:20 / 23.09.2024
Kreml Putinning yangi yadroviy raketalari sinovi muvaffaqiyatsiz kechganidan bexabar ekanini ma’lum qildi
10:50 / 21.09.2024