O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Fransiya Qurolli kuchlar vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Fransiya Qurolli kuchlar vazirligining Yevropa, Shimoliy Amerika va ko‘p tomonlama harakatlar departamenti rahbari Giyom Ollane boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, afg‘on inqirozini hal qilish yo‘llarini izlash yuzasidan fikr almashildi.
Giyom Ollane O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit pozitsiyani ishlab chiqishdagi roli, afg‘on aholisiga ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami hajmini oshirish, shuningdek, ushbu mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Mavzuga oid
21:36 / 21.09.2024
Fransiyada talabalar arxeologik qazish ishlari davomida 200 yillik maktubni topdi
12:10 / 21.09.2024
Ukraina harbiy uchuvchilari Fransiyada tayyorgarlikni yakunladi
23:37 / 14.09.2024
Olimlar 50 ming yil g‘orda izolyatsiyada yashagan neandertallar qoldiqlarini topdi
15:24 / 12.09.2024