O‘zbekiston | 10:41 / 09.06.2023
7117
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilmoqda

O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilmoqda. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Agentlik xabariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 361 735 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Shundan:

— o‘g‘il bolalar – 187 549 nafar;
— qiz bolalar – 174 186 nafar.

Bundan oldin Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisiga doir statistik ma’lumotlarni e’lon qilgandi.

Toshkent shahar Statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil 1 aprel holatiga poytaxtda doimiy aholi soni 2 978 200 nafarni tashkil etgan bo‘lib, shulardan 1 460 800 nafari erkaklar, 1 517 400 nafari ayollar.

Tumanlar kesimida aholisi eng ko‘p hududlar uchtaligiga Olmazor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlari kirdi. Yakkasaroy va Bektemir esa aholisi eng kam tumanlar sifatida qayd etildi.

Mavzuga oid