O‘zbekiston | 10:10 / 13.06.2023
108719
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimovning o‘g‘li O‘zbekistonning sobiq 1-xonimini sudga berdi

Pyotr Karimov Tatyana Karimovaga nisbatan qo‘zg‘agan da’voning predmeti vorislik huquqidan kelib chiqqan nizo ekani ma’lum.

kollaj Kun.uz

26 iyun kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida O‘zbekistonning birinchi prezidenti, marhum Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimovaga nisbatan fuqarolik ishi ko‘rib chiqiladi — da’vogar Islom Karimovning birinchi nikohidan bo‘lgan farzandi Pyotr Karimov.

Toshkent shahar sudi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda da’vo predmeti vorislik huquqidan kelib chiqqan nizo ekanini ko‘rish mumkin.

 

Birinchi instansiya sudida ishni sudya Aziz Rahmonov ko‘rib chiqadi.

Bu Pyotr Karimovning otasi vafotidan keyingi ilk da’vosi emas. «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasida bir necha yil ishlagan Pyotr Karimov 2018 yilda Moskvadagi sud orqali ish beruvchidan o‘ziga belgilangan pul mablag‘larini undirib berishni so‘ragan edi. Yil oxiriga kelib masala bo‘yicha da’vogar va javobgar o‘rtasida muddatdan avval kelishuvga erishilgani tufayli ish tugatilgan.

Pyotr Karimov – Islom Karimovning o‘tgan asrning 60-yillarida uylangan birinchi rafiqasi Natalya Petrovna Kuchmadan tug‘ilgan katta farzandi hisoblanadi. Bu haqdagi rasmiy ma’lumotlar Islom Karimov vafotidan keyin ochiqlangan.

Mavzuga oid