OAV: qatarlik shayx «Manchester Yunayted»ni sotib olyapti
Angliya Premer-ligasi (APL) klubi «Manchester Yunayted»ga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi uni qatarlik shayx Jassim bin Hamad Al Soniyga sotishga qaror qildi, deb yozadi The Mirror.
Nashrning yozishicha, Qatardan kelgan taklif klubga boshqa da’vogar Jim Retkliff taklifidan ko‘ra foydaliroq bo‘lib chiqqan. Kelishuv yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi.
Taklif shayx Jassimning Foundation 92 jamg‘armasi orqali tushdi, u futbol jamoalari, mashg‘ulotlar majmuasi, stadion va infratuzilma, muxlislar va klubni qo‘llab-quvvatlovchi jamoalarga sarmoya kiritadi.
Bir yil avval «Manchester Yunayted»ga egalik qiluvchi amerikalik tadbirkorlar Gleyzerlar oilasi klubni sotmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi. Bitim 6-7 milliard funt sterlingga baholangan.
«Manchester Yunayted» o‘tgan mavsumda 75 ochko bilan APLda uchinchi o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi. «Manchester Siti» chempion bo‘ldi (89).
Avvalroq, Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi finalida «Inter» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (1:0) ser Aleks Fergyusonning trebli takrorlanishi haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
18:02 / 19.12.2024
Qatarda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzgan haydovchining avtomobili yo‘q qilindi
16:14 / 17.12.2024
Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi
12:24 / 16.12.2024