O‘zbekistonda Migratsiya resurs markazi ochilishi kutilyapti
O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev bosh qarorgohi Vena shahrida joylashgan Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazi (ICMPD) bosh direktori va Avstriyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Mixael Shpindelegger bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Uchrashuvda O‘zbekiston mehnat bozoridagi salohiyatli ishchi kuchini Yevropa mamlakatlarida ish bilan ta’minlash, xorijiy davlatlarga xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida ICMPD va O‘zbekiston vakolatli idoralari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida migrantlar uchun axborot markazi (Migrant Resourse Centre) ochishga kelishib olindi.
Ushbu markazning vazifasi Yevropa mamlakatlarida ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini tegishli axborot bilan ta’minlash, jumladan, mamlakatlar milliy qonunchiligi, madaniyati va ishga joylashish tartib-qoidalari bilan tanishtirish, ularga tegishli konsultatsiya xizmatini ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi.
ICMPD 1993 yilda Avstriya va Shveytsariya tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 20 ta a’zo davlatni birlashtiruvchi va BMTda kuzatuvchi maqomiga ega xalqaro hukumatlararo tashkilot hisoblanadi. ICMPD bugungi kunda 90 dan ortiq mamlakatlarda migratsiya masalalari bo‘yicha ekspert bilim va ko‘nikmalar berish hamda xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga yordam berish dasturini (BOMKA) amalga oshirishda ishtirok etadi hamda Praga jarayonining kotibiyati vazifasini ham bajaradi.
Mavzuga oid
22:00 / 08.11.2024
Rossiyada «dvornik»larning o‘rtacha ish haqi deyarli 30 foiz oshdi
21:01 / 08.11.2024
Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlarning soxta nikohlarini ommaviy ravishda bekor qiladi
16:48 / 04.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun imtihonlarning yagona narxlari belgilanadi
18:17 / 02.11.2024