Jahon | 07:38 / 14.06.2023
6826
2 daqiqa o‘qiladi

Blinken va Stoltenberg NATO sammitida Kiyevga yordam berish masalasini muhokama qildi

Vilnyusda Kiyevga “kuchli siyosiy va amaliy yordam paketi” taqdim etiladi, dedi AQSh davlat kotibi NATO bosh kotibi bilan uchrashuvda.

Foto: AP

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Vashingtonda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uchrashdi. Tomonlar 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tgan sammitning ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlash, mudofaa mexanizmlarini kuchaytirish, Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi bo‘yicha majburiyatlarni muhokama qildi, dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller 13 iyun, seshanba kuni.

AQSh tashqi siyosat departamenti rahbari Vilnyusda Kiyevga “kuchli siyosiy va amaliy yordam paketi” taqdim etilishini taxmin qildi.

Shu fonda Vashington Ukrainaga 325 million dollarlik (301 million yevro) harbiy yordam paketini e’lon qildi, bu paket Amerika qurollari va jihozlarini Kiyevga yuborishni nazarda tutadi.

Bular “havo hujumidan mudofaa uchun muhim tizimlar, yuqori harakatlanuvchi artilleriya raketa tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, artilleriya snaryadlari, tankka qarshi qurollar, zirhli texnikalar va boshqa jihozlar”, dedi Blinken.

Yordam 25 ta zirhli texnikani o‘z ichiga oladi - 15 ta Bradley piyoda jangovar mashinasi va o‘nta Stryker bronetransportyori, shuningdek, portlovchi moddalar va 22 milliondan ortiq o‘q otish qurollari va granatalar.

Pentagonga ko‘ra, paket “muhim infratuzilmani jasorat bilan himoya qilayotgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun asosiy imkoniyat”ni taqdim etadi.

Mavzuga oid