O‘zbekiston | 11:07 / 14.06.2023
11371
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzordagi sexda yuz bergan portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi

Chilonzor tumani Astrobod ko‘chasidagi mis quvurlari ishlab chiqarish sexi hududida portlash sodir bo‘ldi. 6 kishi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun, 14 iyun kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Astrobod ko‘chasida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexining bir qavatli bostirmasi (angar)da havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVV rahbariyati boshchiligida yong‘in-qutqaruv ekipajlari, shuningdek, prokuratura, IIV, MG, SSB, «Hududgaz» va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan. Ayni vaqtda hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra chaqnash oqibatida 6 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Mavzuga oid