O‘zbekiston | 09:47 / 15.06.2023
14858
1 daqiqa o‘qiladi

Dehli xalqaro aeroportida ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Foto: AP

Toshkent-Dehli samolyotida uchib kelgan ikki nafar o‘zbekistonlik fuqaro katta miqdorda tilla buyumlarini Hindiston hududiga noqonuniy yo‘l bilan olib kirishga urinayotganda qo‘lga olingan, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Hozir ularga nisbatan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu O‘zbekiston fuqarolari Dehliga tijorat maqsadlarida muntazam tarzda kelib turgan.

Mamlakatning Dehlidagi elchixonasi tomonidan fuqarolar bilan bog‘liq surishtiruv jarayoni nazoratga olingan va Hindistonning mas’ul huquq-tartibot idoralari bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan. Shuningdek, vaqtincha hibsga olingan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Diplomatik missiya vatandoshlarni xorijga, jumladan, Hindistonga safar qilish chog‘ida chet davlatlar qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishga, turli shubhali guruhlar yoki shaxslarning yolg‘on va’dalariga aldanib qolmaslikka chaqirgan.

Mavzuga oid