Rossiya O‘zbekistonga uran qazib olish uchun sensorlar yetkazib bermoqchi
Yuqori texnologiyali mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha 3,5 mln dollardan ortiq summaga shartnoma imzolandi.
Dog‘istonning «Domalogika» kompaniyasi O‘zbekistonga uran qazib olish uchun o‘lchash datchiklarini yetkazib beradi.
Kompaniya O‘zbekistonning «Energopribor» kompaniyasi bilan Dog‘istonda ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha 3,5 mln dollardan ortiq summaga shartnoma imzoladi.
«Domalogika» bosh direktori Xasay Yusupanovning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma Dog‘iston eksportini qo‘llab-quvvatlash markazi ko‘magida imzolangan.
«Biz uran qazib oluvchi korxona uchun chuqur gidrostatik datchiklar, shuningdek, avtomatlashtirilgan relelarni yetkazib beramiz», — deydi u.
2022 yilda O‘zbekiston AQShga uran eksportini qariyb 80 foizga oshirdi.
O‘tgan yili O‘zbekistondan uran eksporti 4,44 million funt U3O8 ekvivalentini tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 78 foizga o‘sdi. Shu tariqa, O‘zbekistonning Amerika bozoridagi ulushi 11 foizgacha yetdi.
Mavzuga oid
13:20 / 19.09.2024
Sanksiyalar chetlab o‘tilishi: AQSh Xitoydan uran importini tekshiryapti
20:19 / 13.09.2024
KXDR yadroviy qurol uchun mo‘ljallangan uran boyitiladigan zavod suratlarini e’lon qildi
10:05 / 12.09.2024
Putin uran, titan va nikel eksportini taqiqlashni buyurdi
21:36 / 30.08.2024