Jahon | 10:46 / 19.06.2023
9984
2 daqiqa o‘qiladi

«Yandeks» «FSB»ga ma’lumotlarni taqdim etmagani uchun 2 mln rubl jarimaga tortildi

Foto: Getty Images

Sud «Yandeks. Uslugi» xizmati foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarni Rossiya maxsus xizmatiga bir necha bor taqdim etmagani uchun «Yandeks»ni 2 million rubl miqdorida jarimaga tortdi

Moskvadagi sud «Yandeks» kompaniyasini Rossiya «FSB»ga «Yandeks. Uslugi» xizmati foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarni bir necha bor taqdim etmaganlikda aybdor deb topib, ikki million rubl miqdorida ma’muriy jarima soldi, deb xabar berdi dushanba, 19 iyun kuni ertalab TASS agentligi.

«Yandeks» MChJning xatti-harakatlari Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksi bo‘yicha, davlat organlari tomonidan tintuv o‘tkazish yoki davlat xavfsizligini tashkil etish maqsadida o‘z jihozlari va dasturlariga qo‘yiladigan talablar bajarilishini ta’minlash majburiyatini bir necha bor bajarmaganlik deya kvalifikatsiya qilindi, deb aniqlik kiritmoqda agentlik kompaniya vakiliga tayanib. 

«Yandeks»ga nisbatan sud qarori ustidan shikoyat qilindi va u qonuniy kuchga kirdi. 

Birinchi marta «Yandeks» sud tomonidan xuddi shunday ma’muriy huquqbuzarlikda aybdor deb topildi va 2022 yilda 400 000 rubl miqdorida jarimaga tortildi. Shu bilan birga, kompaniya advokatining ta’kidlashicha, «Yandeks» sanksiyalar tufayli Rossiya qonunchiligi talablariga rioya qila olmaydi: xorijiy uskunalar va dasturiy ta’minot foydalanuvchi ma’lumotlarini to‘plash va saqlash uchun talab qilinadi, ularni hozirda sotib olish va o‘rnatish mumkin emas. 

Mavzuga oid