Oksana Chusovitina Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Cingapurda sport gimnastikasi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ikkita medalni qo‘lga kiritdi.
Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida kumush medalni qo‘lga kiritdi. U faqatgina Janubiy Koreya atleti Yeo Seo-Jyeongdan pastroq ball jamg‘ardi. Ayollar bahsida uchinchi o‘rinni filippinlik Alia Finnegan qo‘lga kiritdi.
Erkaklar o‘rtasida tayanib sakrash yo‘nalishida kechgan final dasturida Abdulaziz Mirvaliyev ham 14.083 ball bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ushbu bahslarda Osiyo chempionligi Filippin vakili Karlos Yuloga nasib etdi. U tayanib sakrashda 14.299 ball to‘pladi. Uchinchi o‘rinni Janubiy Koreya gimnastikachisi Jayexo Kim 13.766 ball bilan qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
20:50 / 10.06.2024
Chusovitina 53 yoshida 2028 yilgi Olimpiadada qatnashish istagini bildirdi
17:46 / 23.05.2024
Oksana Chusovitina jarohati sabab Parij olimpiadasida qatnasha olmaydi
22:15 / 09.03.2024
Gimnastikachi Chusovitina to‘qqizinchi Olimpiadaga yo‘llanma olish imkoniyatidan deyarli mahrum bo‘ldi
18:46 / 05.03.2024