O‘zbekiston | 08:43 / 20.06.2023
9873
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand va Andijonda yer maydonlari noqonuniy sotilishining oldi olindi

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Toyloq tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro F.P. “X.S.” fermer xo‘jaligiga qarashli 20 sotix yer maydonini fuqaro G‘.A.ga firibgarlik yo‘li bilan 75 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Marhamat tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, “M-a.” MChJ brigadiri T.G‘. fuqaro X.A.ga MChJning 3 gektar yer maydonini 12 000 AQSh dollari evaziga bog‘dorchilik faoliyati uchun rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid