Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod ta’lim va ilm-fanga doir qator tashabbuslarni ilgari surmoqda
Bugun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatov farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashdi va o‘z dasturidagi taklif-tashabbuslar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Xususan, saylovoldi dasturidan ta’lim va ilm-fan bilan bog‘liq qator tashabbuslar o‘rin olgan.
maktablar o‘quv dasturlarida chet tillari va AT bo‘yicha o‘quv soatlarini keskin ko‘paytirish;
maktab o‘quvchilari uchun jamoat transportlaridan foydalanishda tabaqalashgan tariflarni joriy qilish;
talabalarning darsni o‘zlashtirishi va ularning innovatsion faoliyatda ishtirokiga qarab, stipendiyalar miqdorini belgilash;
turar joy ijarasi uchun kompensatsiya tizimini doktorantlarga nisbatan ham joriy etish;
olis qishloqlardagi bolalar uchun mo‘ljallangan madaniyat muassasalari, sport inshootlari, “Barkamol avlod” markazlari, musiqa va san’at maktablarining faoliyatini yanada rivojlantirish.
Shuningdek, nomzod dasturida qimmatbaho mol-mulk uchun soliq joriy etish, bunda miqdori qonun bilan belgilangandan yuqori uy-joy, avtotransport yoki boshqa mol-mulk mulkdorlaridan ushbu soliqning undirilishini nazarda tutish taklif etilmoqda.
Xalq demokratik partiyasi matbuot xizmati
Mavzuga oid
20:09 / 06.09.2024
Xalq demokratik partiyasining XIV qurultoyi bo‘lib o‘tdi
19:20 / 26.06.2023
Kuzatuv kengashlari tarkibiga jamoatchilik vakillarini ham kiritish taklif etildi
16:21 / 13.04.2023
Xalq demokratik partiyasi "Yaxshiroq yashash uchun "ha" deymiz" shiori ostida tadbirlar o‘tkazmoqda
15:23 / 28.07.2021