Jamiyat | 19:00 / 26.06.2023
30290
5 daqiqa o‘qiladi

Asaka Motors kompaniyasi EXEED premial yo‘ltanlamaslarni taqdim etdi

Foto: Asaka Motors

Yo‘ldagi EXEED avtomobillari zamonaviy dizayni bilan e’tiborni jalb qiladi, yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlaydi, haydovchi va yo‘lovchilar qulayligi haqida qayg‘uradi, qiziqarli va texnologik yechimlar to‘kinligi bilan quvontiradi.

24 iyunda Asaka Motors kompaniyasi EXEED brendiga mansub premium avtomobillar taqdimotini o‘tkazdi. Bu avtooilaning to‘liq hajmli, flagman VX yo‘ltanlamasi, o‘rtacha hajmli TXL modeli va ixcham LX modeli taqdim etildi.

«Bugun e’tiboringizga Asaka Motors konveyeridan chiqqan ilk EXEED yo‘ltanlamaslarini taqdim etamiz. Avtomobillar yirik uzelli yig‘uv texnologiyasi bo‘yicha Sirdaryodagi zavodda ishlab chiqarilgan, uni Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil may oyida ishga tushirib bergandi. Kelajakda to‘liq sikldagi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va dilerlik tarmog‘i bilan butun respublikani qamrab olishni rejalashtirganmiz.

Endilikda bizning avtohavaskorlarimiz ham premium toifadagi avtomobillarni manfaatli narxlarda sotib olishlari va sotuvdan keyingi yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishdan foydalanishlari mumkinligidan mamnunmiz», — dedi Asaka Motors bosh direktori Avaz Jalilov.

Tadbirning faxrli mehmonlari O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Hurram Teshaboyev va EXEED zavodining Xitoydagi bosh direktori Jyeff Lyu bo‘ldilar.

EXEED VX to‘liq hajmli yo‘ltanlamasi: haybatli va salobatli bu modelning texnologikligi va zamonaviy dizayni kelajak avtomobili konsepsiyasini o‘zida to‘liq aks ettiradi. Dvigatel quvvati – 249 o.k. 100 kmga yoqilg‘i sarfi – 7,3 litrdan boshlab yetti o‘rinli salon pastdan isitish va havo almashinuviga ega 3 qator qulay charm o‘rindiqlardan iborat. Ikkinchi va uchinchi qatorlar bir tekis yotqizilishi mumkin, buni sayohat ixlosmandlari yuqori baholaydilar. Raqamli uskunalar paneli ikkita multimedia HD-displeydan iborat bo‘lib, sensor paneliga va haydovchi uchun old oynaga axborotni chiqaruvchi proyeksiyali displeyga ega.

EXEED VX ilg‘or xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan, jumladan:

  • avtomatik favqulodda tormozlanish. Testlar ko‘rsatishicha, EXEED VXning tormoz yo‘li, 100 km/s. tezlikdan pasayganda, atigi 36,8 metrni tashkil qiladi;
  • ko‘rinmas hududlar nazorati tizimi;
  • moslashuvchan kruiz-nazorat, u yo‘lda xavfsiz masofani saqlab yuradi;
  • yaqinlashib kelayotgan avtomobil to‘g‘risida ogohlantirish funksiyasi.

EXEED VX yo‘ltanlamasining narxi 654 000 000 so‘mdan boshlanadi.

O‘rtacha hajmli EXEED TXL: salobatli va ishchan

EXEED TXL modeli yo‘lda o‘zining yorqin avangard ekstereri bilan ajralib turadi. Dvigatel quvvati 186 o.k., 100 kmga yoqilg‘i sarfi – 6,4 litr.

Sifatli aerodinamika tufayli, bu model yoqilg‘ini tejab sarflaydi va salonning shovqindan ajoyib himoyasini ta’minlaydi. Intellektual tizim havoni ionlashtiradi va agar zararli aralashmalar me’yordan oshib ketgan bo‘lsa, xabar yo‘llaydi. 

Yo‘ltanlamas ekstremal noqulay yo‘llarda haydovchiga ko‘maklashadi: tikka tepalikda o‘rindan xavfsiz qo‘zg‘alishda yordam beradi, pastga tushishda esa, tormoz tizimi ustidan nazoratni o‘z zimmasiga oladi. Yana EXEED TXL yaqinlashib kelayotgan sohibini radiator panjarasidagi logotip pirillashi bilan kutib oladi.

EXEED TXL yo‘ltanlamasining narxi 516 000 000 so‘mdan boshlanadi.

Ixcham EXEED LX: yoshlarbop va o‘ta zamonaviy

EXEED LX dadil, g‘ayratli dizayn va mayin hamda keskin chiziqlarning noodatiy uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Dvigatel quvvati – 147 o.k. 100 kmga yoqilg‘i sarfi – 6,6 litrdan boshlab. Salon charm bilan qoplangan va raqamli boshqaruv hududi bilan jihozlangan. EXEED LX haydovchi va yo‘lovchilar qulayligi haqida qayg‘uradi: ikki hududli iqlim nazorati bir-biridan mustaqil ravishda salonda qulay haroratni sozlash imkonini beradi. Havo ayniqsa, intellektual tizimning o‘zi manazara lyukini yopadi.

EXEED LX narxi 340 000 000 so‘mdan boshlanadi.

exeed.uz saytida test-drayvga yozilish va EXEED yo‘ltanlamaslari haqida ko‘proq axborot olish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram: t.me/UzbekistanEXEED

Instagram: @exeed_uzbekistan

Tezkor aloqa: 998 555 030 209

Reklama

Mavzuga oid