Iqtisodiyot | 19:17 / 26.06.2023
28568
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyning Syamin portidan O‘zbekistonga Eron orqali konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi
Yuklar Xitoydan dengiz orqali Eronga, so‘ngra temiryo‘l orqali O‘zbekistonga yetkaziladi.
Xitoyning Syamin portidan O‘zbekistonga birinchi konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tarkibida maishiy texnika yuki (muzlatkich, kir yuvish mashinasi, gaz plitasi) bo‘lgan konteynerlar Xitoydan dengiz orqali Eronning Bandar-Abbos portiga keltiriladi. So‘ngra, yuklar temiryo‘l orqali Turkmanistongacha, u yerdan Toshkentning Sergeli stansiyasigacha yetkaziladi.
39 ta 40 futlik konteynerlardan tashkil topgan blok poyezdi Erondan O‘zbekistonga 14 kunda yetib kelishi belgilangan.
Mavzuga oid
00:39
Xitoyda dunyodagi eng yirik dengiz quyosh stansiyasi ishga tushirildi
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
00:51 / 15.11.2024
Pizishkiyon: Eron yadro qurolini yaratmaydi
23:30 / 14.11.2024