O‘zbekiston | 15:50 / 27.06.2023
8465
4 daqiqa o‘qiladi

Ucell Sirdaryoda tayanch stansiyalarini yangiladi

Foto: Ucell

Abonentlarni sifatli mobil aloqa bilan ta’minlash maqsadida «COSSOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) «Huawei Tech Investment Tashkent» MChJ bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Sirdaryo viloyati hokimligi ko‘magida Sirdaryo viloyatida 496 ta yangi tayanch stansiyasini o‘rnatdi va to‘qqizta yangi sayt qurdi.

— Joriy yilda bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning bir nechta hududida eskirgan mobil tarmoq uskunalarini texnologik jihatdan ilg‘or uskunalarga almashtirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda, – dedi Ucell bosh direktori Andrey Shishkovskiy. — Huawei kompaniyasining zamonaviy texnologiyalari o‘rnatilishi tarmoq ishonchliligini oshirdi va uning ishlashini osonlashtirdi. Ovozli qo‘ng‘iroqlar sifati sezilarli darajada yaxshilandi, Internet tezligi va undan foydalanish oshdi. Shaharlar, magistral yo‘llar va jamoat joylarida qamrov maydoni kengaydi. Bunday loyihalar hozirda Namangan va Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida amalga oshirilmoqda.

Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Chen Syazkay kompaniya Ucell va boshqa mahalliy aloqa operatorlari bilan hamkorlikda chorak asrdan beri O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini uzluksiz mustahkamlash borasida ish olib borayotganini ta’kidladi. Juda qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan modernizatsiya abonentlarga foydalanuvchi tajribasini yaxshilash va ko‘proq raqamli imkoniyatlarni ochishga yordam berishini aytib o‘tdi.

Ucell Guliston texnik bo‘limi bosh muhandisi Timur Umarov asosiy qiyinchilik ishlab turgan tarmoqlarni almashtirishda yuzaga kelganini ma’lum qildi.

—     Aloqa uzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvaliga yangi jihozlarni o‘rnatdik va shundan so‘ng eskisini demontajga tayyorladik. Stansiyalarni almashtirish esa juda qisqa muddatlarda amalga oshirildi. Qishki montaj vaqtida muhandislar sovuq sharoitda ishlashga majbur bo‘ldi. Ishlarimiz natijalari muvaffaqiyatli ekani biz uchun quvonarli. Sirdaryo viloyatidagi Ucell abonentlari Kompaniya faoliyatidan mamnun, ijobiy fikrlar qoldirishmoqda, – dedi mutaxassis.

«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) 24 iyun kuni yangi stansiyalar o‘rnatilgan manzillarga press-tur tashkil qildi. U yerda Internet tezligi 140-160 Mb/sekunddan tez ishlayotgani aniqlandi. Aholi vakillari aloqa sifati yaxshilangani, internet tezligi yuqori ekanini ta’kidlashdi. Shuningdek, abonentlarini barcha tezlikda ishlaydigan aloqa ta’minlash loyihasi yakunlanishi munosabati bilan Guliston shahridagi musiqali drama teatri maydonida katta konsert bo‘lib o‘tdi. U Ucell kompaniyasi tomonidan Sirdaryo viloyati hokimligi, Sirdaryo viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi hamda Huawei kompaniyasi ko‘magida tashkil etildi.

Konsertda ZoʻrTV telekanalining mashhur «Artist» musiqiy shou loyihasining yosh xonandalari hamda o‘zbek estradasi yulduzi Shohrux repper ishtirok etdi. Mehmonlar va tomoshabinlar uchun Ucell va Huawei tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alariga boy qiziqarli tanlovlar hamda viktorinalar taklif etildi.

Reklama

Mavzuga oid