O‘zbekiston | 14:16 / 30.06.2023
12335
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga hujjatlar qabuli muddati uzaytirildi

Foto: KUN.UZ

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga o‘qishga hujjatlar qabuli, ko‘p sonli ota-onalarning talablariga binoan, joriy yilning 10 iyul kuniga qadar uzaytirildi.

“Ta’lim nazorati” kanali xabariga ko‘ra, Prezident maktablariga qabul faqat 4-sinfdan 5-sinfga o‘tayotgan o‘quvchilar uchun 30 iyunda yopiladi. Qolgan bo‘sh o‘rinlarga qabul 10 iyulga qadar uzaytiriladi.

Ijod maktablariga qabul 30 iyunda to‘liq yopiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga qabul 10 iyulga qadar uzaytiriladi.

O‘quvchining ota-onasi (qonuniy vakillari) qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • maxsus shakldagi ma’lumotnoma;
  • talabgorning tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
  • o‘quv yili natijasiga ko‘ra, talabgorning baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Mavzuga oid