O‘zbekiston | 21:34 / 01.07.2023
15559
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatidagi o‘rmonzorlarda yong‘in chiqdi

Piskent tumani hududida bir necha o‘rmonzorga o‘t ketgan.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Toshkent viloyati o‘rmon xo‘jaligining Piskent tumani hududida joylashgan Angren bo‘limida bir necha o‘rmonzorda yong‘in chiqdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Yong‘in Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgani aytilmoqda.

Yong‘in sabablari, oqibatlari va boshqa tafsilotlarni aniqlash maqsadida ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid