O‘zbekiston | 18:17 / 03.07.2023
13247
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda 100 ming so‘mlik qalbaki banknota ishlab chiqargan jinoiy guruh ushlandi

18-21 yoshli yigitlar qalbaki pullarni savdo do‘konlari va fuqarolarga o‘tkazib kelgan.  

Foto: KUN.UZ

Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 100 ming so‘mlik qalbaki banknotalarni ishlab chiqargan jinoiy guruh fosh etildi.

Qayd qilinishicha, tumanning «Sharq» mahallasida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan S.A., Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan Sh.B., 2004 yilda tug‘ilgan D.A., va 2002 yilda tug‘ilgan A.D.. oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, 19 iyun kunidan 26 iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Buxoro shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida vaqtinchalik ijaraga olgan xonadonda rangli printer yordamida 100 ming so‘mlik pul kupyuralarini ko‘paytirish yo‘li bilan yasab, qalbaki pullarni savdo do‘konlari va fuqarolarga o‘tkazib kelgan.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid