«PSJ» prezidenti Mbappe oldiga talab qo‘ydi
«PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi jamoa forvardi Kilian Mbappe klubni erkin agent sifatida tark etishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi.
«Mening pozitsiyam aniq – Mbappe tekinga qo‘yib yuborilmaydi. Agar Kilian qolishni istasa, biz ham uning qolishini xohlaymiz, ammo har safar buni takrorlashni istamayman. Jamoada qolish uchun Mbappe yangi shartnomani imzolashi kerak.
Jahonning eng yaxshi o‘yinchisini tovon pulisiz qo‘ldan chiqarishni istamaymiz. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu fransuz klubi.
U har qanday holatda ham jamoadan tekinga ketmasligini aytgandi. Hozirga kelib uning fikri o‘zgargan bo‘lsa, bu mening aybim emas.
Biz dunyoning eng yaxshi futbolchisini tekinga qo‘yib yubora olmaymiz. Bu barcha uchun tushunarli bo‘lishi kerak», - deya Nosir Al-Xelayfining so‘zlarini keltirgan RMS Sport.
Ma’lumot uchun, Mbappening amaldagi kelishuvi 2024 yilga qadar belgilangan. U kelasi mavsum jamoani erkin agent sifatida tark etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fransiyalik 24 yoshli forvardga hamon «Real» klubi asosiy da’vogar sanalmoqda.
Mavzuga oid
14:31 / 02.11.2024
«Arsenal»da yana jiddiy raqib, Husanov «PSJ»ga qarshi, «Chelsi» «Old Trafford»ga boradi - uikend anonsi
13:55 / 23.10.2024
«Real»da yana kambek, «PSJ» og‘ir vaziyatda. Kun o‘yinlari
14:26 / 17.10.2024
Mbappe jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanmoqda
23:12 / 30.09.2024