Jamiyat | 17:26 / 05.07.2023
11462
2 daqiqa o‘qiladi

XDP: Xalq maslahatchilari o‘rniga hakamlar hay’ati institutini joriy qilish taklif etildi

Foto: Xalq demokratik partiyasi

5 iyul kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Toshkent shahridagi saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishtirish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy faolligini oshirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Nomzodning dasturida mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish yuzasidan qator takliflar ilgari surilgan. Xususan, davlat funksiyalarini bosqichma-bosqich fuqarolik jamiyati institutlariga berib borish orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirish, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy sheriklik asosida xizmat ko‘rsatishga o‘tish tashabbusi o‘rin olgan.

Shuningdek, nomzod dasturidan davlat insonning asosiy, tabiiy va ajralmas huquqlarini ta’minlashi va kafolatlashi yuzasidan tashabbuslar o‘rin olgan. Jumladan, odil sudlovni amalga oshirishda xalq maslahatchilari o‘rniga hakamlar hay’ati institutini joriy etish taklif qilinmoqda.

Saylovchilar bilan uchrashuvda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, sohaviy nazorat organlari (inspeksiyalar) faoliyatini kuchaytirish, ularga vazirliklarning sub’yektiv ta’sirini kamaytirish, shuningdek, sohaviy birlashtirish hamda texnik xavfsizlik, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida nazorat inspeksiyalarini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. Bu tashabbuslar jamiyatda qonun ustuvorligini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi qayd etildi.

Xalq demokratik partiyasi matbuot xizmati

Mavzuga oid