O‘zbekiston | 08:02 / 11.07.2023
17101
2 daqiqa o‘qiladi

«G‘isht-ko‘prik» posti oldida fuqaro bir kishiga pichoq bilan jarohat yetkazdi

Jarohatlangan fuqaro xodimlar tomonidan tezlik bilan shifoxonaga olib borilgan.

Videodan kadr

Joriy yilning 7 iyul kuni Toshkent tumani hududi, “G‘isht-ko‘prik” bojxona posti oldida, Sirdaryo viloyatida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.E. hech bir sababsiz, yo‘l yoqasidan harakatlanib ketayotgan, o‘ziga begona bo‘lgan 40 yoshli fuqaroning qorin qismiga yonida bo‘lgan pichoq bilan to‘satdan zarba berib, tan jarohati yetkazgan.

IIV xabariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan zahoti hududda xizmat olib borayotgan Toshkent viloyati IIBB PPX xodimlari ushbu shaxs atrofdagi boshqa fuqarolarga ham shikast yetkazishining oldini olish maqsadida, xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan maxsus rezina tayog‘ini ishlatib, jismoniy kuch qo‘llagan holda fuqaro Sh.E.ni qo‘lga olib, zararsizlantirgan. 

Jarohatlangan fuqaro xodimlar tomonidan tezlik bilan shifoxonaga olib borilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi fuqaroning ruhiy holati yuzasidan psixologik ekspertiza tayinlangan.

Mavzuga oid