Jahon | 15:13 / 11.07.2023
16612
7 daqiqa o‘qiladi

Orixivga aviabomba tashlanishi va Baxmut atrofidagi janglar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 502-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Meduza» va «Mediazona» tadqiqoti ko‘rsatishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keng ko‘lamli urushda 47 ming rossiyalik askar halok bo‘lgan.
  • Fransiyaning Liberation gazetasi Putin 1 iyul kuni Prigojin va «Vagner» XHK komandirlari bilan uchrashgani haqida xabar berdi. Kreml buni tasdiqladi — lekin uchrashuv o‘tkazilgan kuni Dmitriy Peskov Prigojin ayni vaqtda qayerdaligi haqida hech narsa bilmasligini aytgandi.
  • Rossiya Zaporijjya oblastining front yaqinidagi Orixiv shahrida insonparvarlik yordami tarqatilgan maktabga aviazarba berishi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi.
  • Krasnodarda safarbarlik ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Stanislav Rjitskiy o‘ldirildi. Hozirda gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlanmoqda. Rjitskiy ukrainlarning «Mirotvorets» sayti bazasiga kiritilgan, ukrain nashrlari esa uni 2022 yil 14 iyulida Vinnitsaga zarba yo‘llangan Rossiya suvosti kemasi kapitanlari ro‘yxatiga qo‘shgan. O‘shanda 27 kishi halok bo‘lgandi.

Kunning asosiy voqeasi. Orixivga zarba

10 iyul tongida Rossiya qo‘shini Zaporijjya oblastining front bo‘yidagi Orixiv shahriga boshqariluvchi aviabomba tashladi. U maktab hududiga qulagan, bu vaqtda bu yerda tinch aholi vakillari insonparvarlik yordami olishayotgandi. Ukraina FVDXning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, yetti kishi halok bo‘lib, 13 kishi yaralangan.

RF mudofaa vazirligi o‘z svodkasida ma’lum qilishicha, Orixiv hududida «Ukraina QK 47-mexanizatsiyalashgan brigadasi qo‘mondonlik punkti nishonga olingan».

Quyida shaharning zarbadan keyingi manzaralari aks etgan suratlar.

Orixivda Rossiya aviabombasi tushgan joyda ishlayotgan qutqaruvchilar
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Orixivda aviabomba kelib tushgan joyda vayron bo‘lgan maktab binosi
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Ukraina harbiylarining Baxmut atrofidagi pozitsiyalari

Donetsk oblasti Baxmut shahri atrofida qariyb bir yil oldin boshlangan qaqshatqich janglar davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy 10 iyul kuni «dushman tuzoqqa tushgani, shahar Mudofaa kuchlari tomonidan olov nazoratiga olingani», Baxmut yo‘nalishidagi Rossiya qo‘shinlari «pozitsiyalaridan uloqtirib tashlanayotgani» haqida aytdi. Rossiya tomoni bu ma’lumotlar yuzasidan izoh bermagan.

Ukraina QK Bosh shtabidan ma’lum qilishlaricha, iyul oyining birinchi haftasida ukrain harbiylari Baxmut yo‘nalishida 4 kvadrat kilometr hududni ozod etgan, qarshi hujum boshlanganidan buyon bu hududda jami 24 kvadrat kilometr hudud nazorat ostiga qaytarilgan. RF mudofaa vazirligi 5 iyul kuni rossiyalik desantchilar «Ukraina qurolli kuchlariga mudofaa ichkarisi tomon bir metrga ham siljishga imkon bermayotgani»ni xabar qilgandi.

Ukraina qurolli kuchlari jangchilari rossiyaliklarning pozitsiyalarini xorvatlarning 128-millimetr kalibrli RAK-SA-12 baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘qqa tutmoqda
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Ibodatxonaga kelgan dindorlar ukrain askarlari uchun kamuflyaj to‘rlari to‘qimoqda 

Poltava aholisi Avliyo Mikolay cherkovida. Urush boshidan buyon ibodatxonada har kuni 15 nafardan 30 nafargacha ko‘ngilli yig‘iladi va Ukraina armiyasi uchun maskirovka to‘rlari tayyorlaydi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Dniproning okkupatsiya ostidagi sohilida suv toshqini oqibatlari

Kaxovka GES to‘g‘oni vayron bo‘lganidan keyin Dnipro daryosining ikki sohilida o‘nlab shahar va qishloqlar to‘liq yoki qisman suv ostida qoldi. Ko‘ngillilar Dniproning chap sohilida, Rossiya qo‘shini tomonidan okkupatsiya qilingan hududlarda Moskva tomonidan tayinlangan mahalliy rasmiylar ularga tinch aholi vakillarini qutqarish uchun o‘tkazmayotgani va ularning o‘zlari ham evakuatsiya ishlarini uddalay olmayotganini xabar qilgandi.

Xerson oblastining anneksiya qilingan qismiga tayinlangan «hukumat» vakili Andrey Alekseyenkoning 21 iyun kuni berilgan ma’lumotiga ko‘ra, Dniproning chap sohilida 41 kishi halok bo‘lgan. Tibbiyot xodimlari 121 kishi jabrlangani haqida xabar bergan.

Regiondagi ko‘plab aholi yashash manzillari hamon suv toshqini oqibatlaridan jabr ko‘rmoqda. Quyida ushbu hududlarda nimalar bo‘layotgani aks etgan suratlar.

Golaya Pristanda yashovchilar suv bosgan ko‘cha bo‘ylab harakatlanmoqda. Bu shahar — Xerson oblastining suv toshqinidan eng jiddiy jabrlangan hududlaridan biri. 17 iyun kuni Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat rasmiysi Andrey Alekseyenko Golaya Pristanda jami 13 kishi halok bo‘lganini aytgandi
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Golaya Pristan aholisi insonparvarlik yordami qabul qilib olmoqda
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
RF Tergov qo‘mitasi xodimi 7 iyul kuni Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan Aleshki (Oleshki)dagi vayron bo‘lgan uyda. Region favqulodda xizmatlari tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lgani va bir kishi yaralangani haqida xabar bergan. Kaxovka GES to‘g‘oni buzilib ketishi tufayli yuzaga kelgan suv toshqinida Aleshkida tinch aholi vakillaridan 12 kishi halok bo‘lgan
Kaxovka suv ombori sohilidagi transheyada ketayotgan rossiyalik harbiy

Mavzuga oid