Roodell kompaniyasi Chery Tiggo 7 Pro xaridorlari uchun musobaqa tashkillashtirdi
Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Roodell kompaniyasi 9 iyul kuni Tiggo 7 Pro avtomobil modeli egalari uchun keng ko‘lamli timbilding tashkil qildi. Unutilmas tadbir Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv ombori yaqinida bo‘lib o‘tdi va brend hamda uning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan «With Chery With Love» uzoq muddatli loyihasining bir qismiga aylandi.
Uchrashuvda nafaqat Toshkentdan, balki Andijon, Buxoro, Guliston, Denov, Jizzax, Zarafshon, Qamashi, Qarshi, Kosonsoy, Namangan, Samarqand, Toshkent viloyati, Termiz, Urganch, Uchquduq, Farg‘ona, Shahrisabz va boshqa shaharlardan ham Tiggo 7 Pro avtomobil egalari qatnashdi. Yirik masshtabli timbildingga 90 ta avtomobil egalari oila a’zolari bilan tashrif buyurgani ma’lum bo‘ldi.
Mehmonlarni kutib olish puxta o‘ylangan va turli ko‘ngilochar dasturlarga boy tadbir asosida tashkil etildi. Tiggo 7 Pro egalari fotohududda esdalik uchun suratga tushib, tadbirda ishtirok etganlik belgisi sifatida Chery brendi ostidagi futbolkalarni qo‘lga kiritdi.
Tadbirning asosiy voqeasi Chery mijozlari uchun keng ko‘lamli timbilding tashkil etilgani bo‘ldi. Mehmonlar yodda qolarli musobaqalarda qatnashishga va hatto buning uchun g‘ayrioddiy liboslar hamda tasvirlarni sinab ko‘rishga taklif qilindi. G‘oliblarni medallar va qimmatbaho sovg‘alar kutayotgandi, bu esa ularning muvaffaqiyati va mahorati ramzi bo‘ldi. Tanlov barcha ishtirokchilar o‘zining jamoaviy ruhini, birdamligini namoyish etishi va «With Chery With Love» loyihasi haqiqatan ham Chery brendi avtomobil egalarini bir-biriga yaqinlashtirishini isbotladi.
Tadbirda ishtirok etganlar qiziqarli dastur va distribyutor e’tiboridan mamnun bo‘ldi. Mehmonlar o‘zini Chery brendi oilasining bir qismi deb his qilganini ta’kidladi. Barcha ishtirokchilar tadbir tashkil etilganidan mamnun ekanliklarni izhor etib, mijozlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Tadbir ishtirokchilarining qulayligi ham esdan chiqarilmadi. Mehmonlar basseynlarda cho‘milish va Chorvoq suv omborining maftunkor manzarasidan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ldi. Tadbir so‘ngida bolalar uchun ko‘pikli diskoteka tashkil etildi va bu kechani barcha mehmonlar uchun haqiqiy bayramga aylantirdi.
Chery brendi shu tarzda Tiggo 7 Pro avtomobillari egalari bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida mijozlarga o‘z g‘amxo‘rligini namoyish etdi. Ushbu tadbir barcha ishtirokchilarda yorqin hissiyotlar va ijobiy taassurotlar qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Tiggo 7 Pro avtomobillari Chery kompaniyasining barcha rasmiy dilerlik do‘konlarida taqdim etilgan. Har bir ko‘ngilli bepul test-drayv uchun ro‘yxatdan o‘tib, avtomobil boshqaruvining haqiqiy zavqini his qilishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun 71 276 55 55 telefon raqami yoki https://t.me/cheryuzbekistanbot Telegram boti orqali murojaat qilish mumkin.
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalarini kuzatib boring
Veb-sayt: https://cheryauto.uz/
Instagram https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/
Telegram https://t.me/cheryuzbekistan
Facebook https://www.facebook.com/CheryUzbekistan/
YouTube https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan
Reklama
Mavzuga oid
09:00 / 30.08.2023
Roodell va Chery brendi Tiggo 8 Pro modeli egalarini yana xursand qildi
16:55 / 22.08.2023
Roodell kompaniyasi Sergelida yangi Chery dilerlik markazini ochdi
17:17 / 06.06.2023
Roodell kompaniyasi Kia Go shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazdi
19:00 / 29.04.2023