Jahon | 15:53 / 14.07.2023
16862
5 daqiqa o‘qiladi

Kiyevga yana dronlar hujumi va Baxmut atrofidagi janglar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 505-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 58-armiya qo‘mondoni Ivan Popov RF mudofaa vazirligi rahbariyatini tanqid qilgani uchun lavozimdan chetlatildi.
  • WSJ nashri yozishicha, Prigojinning isyonidan keyin general Surovikin bilan birga o‘ndan ortiq rossiyalik yuqori martabali harbiylar qo‘lga olingan.
  • Putin Rossiya Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishga qarshi emasligi, ammo bu «RF xavfsizligini ta’minlashning majburiy sharti» bilan bo‘lishi kerakligini aytdi.
  • Ukraina qurolli kuchlari AQShdan yangi harbiy yordam paketi doirasida kassetali o‘q-dorilar qabul qilgan. Volodimir Zelenskiy NATOning Vilnyusdagi sammitida bu snaryadlar faqat Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlaridagi harbiy nishonlarga zarba berish uchun qo‘llanishini aytgandi.
  • «Novaya gazeta Yevropa» rossiyalik biznesmenlar orasidagi urushning asosiy benefitsiarlari nomlarini aytdi. Bular Vladimir Potanin va Leonid Mixelson.

Kiyev bo‘ylab dronlar zarbasi

13 iyulga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyevga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina QK havo kuchlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimlari shahar bo‘ylab uchirilgan 20 drondan «o‘nga yaqinini» urib tushirgan, parchalar shaharning Darnitskiy, Solomenskiy, Shevchenkovskiy, Obolonskiy va Podolskiy rayonlariga tushgan. Ukraina FVDX xabariga ko‘ra, hujum oqibatida to‘rt kishi jarohat olgan.

Rossiya Kiyevga qatorasiga uchinchi tunda dronlar bilan hujum qildi. 11 va 12 iyul kunlari Kiyevda jabrlanganlar va vayrongarchiliklar bo‘lmagandi, barcha dronlarni urib tushirishga muvaffaq bo‘lishgandi.

Ukrainalik harbiylar projyektorlar orqali Kiyev osmonidan rossiyaliklar dronlarini qidirmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Urib tushirilgan dron portlashi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevda yashovchi Dmitro olti oylik qizi, rafiqasi Alina va iti bilan rossiyaliklar dronidan shikastlangan uyi oldida.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya hujumi vaqtida jarohatlangan aholi vakilining turar joy pod’yezdi poliga to‘kilgan qoni
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar dronidan vayron bo‘lgan kvartiralardan biridan Kiyevning ko‘rinishi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut atrofida janglar

 

Ukraina QK 22-mexanizatsiyalashgan brigadasi jangchilari Baxmutdan janubdagi Kleshchiyevka qishlog‘i yaqinidagi pozitsiya. Rossiya qo‘shinlari tarkibiga kiruvchi «Axmat» maxsus topshiriqli bo‘linmasi jangchilari 13 iyul kuni Kleshchiyevka to‘lig‘icha RF nazorati ostida ekanini aytishgandi. Lekin Ukraina QK bosh shtabidagilar tasdiqlashicha, ukrain qo‘shini Baxmutning shimoli va janubida olg‘a yurmoqda. Xabarda aniqlik kiritilishicha, janubiy qanotda Ukraina bo‘linmalari «ayrim muvaffaqiyatlar»ga erishgan va egallangan pozitsiyalarida mustahkam o‘rnashgan.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Rossiyalik harbiylarning Kleshchiyevka yaqinida yakson qilingan harbiy avtomobili
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Kleshchiyevka yaqinida zirhli transportyorda ketayotgan ukrainalik jangchilar
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina QK 10-alohida tog‘-shturm brigadasi harbiysi Baxmut atrofida tankka qarshi granatomyotdan o‘t ochmoqda
Ukrain artilleriyachilari Baxmut atrofida 122-millimetr kalibrli BM-21 «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimiga raketalarni yuklamoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainlarning «Grad» tizimidan o‘t ochilishi
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA

Kiyev atrofida harbiy formani o‘lchab ko‘rayotgan ukrainalik ayol 

Ukrainalik ayol Kiyev yaqinidagi otish maydonidagi mashg‘ulotlar vaqtida ayollarning yangi namunadagi dala formasini sinab ko‘rmoqda. Hozirda bu uniforma — Ukraina mudofaa vazirligi bilan kelishuvning yakuniy bosqichida. Dizayn ukrainlarning ko‘ngilli loyihasi, NATO standartlari bo‘yicha ayollar formalarini tayyorlashga ixtisoslashgan Arm Women Now tomonidan ishlab chiqilgan.
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Maydandagi memorial 

Polsha armiyasi faxriysi Slavomir Visotskiy Rossiya va Ukraina urushi vaqtida halok bo‘lgan polshalik feldsher xotirasi uchun Kiyevdagi yodgorlikka o‘z mamlakati bayrog‘ini o‘rnatmoqda
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid