Jahon | 17:34 / 15.07.2023
18603
5 daqiqa o‘qiladi

Frontda sovet davri qurollari va Abrams tankida shug‘ullanayotgan ukrainlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 506-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Belarus mudofaa vazirligi mamlakatga «Vagner» XHK jangchilari yetib kelganini ma’lum qildi. Ular harbiy instruktor vazifasini bajaradi.
  • JAR hukumati BRICS sammitida Rossiya nomidan Putin o‘rniga Lavrov qatnashishini so‘ragan. Moskva rad etgan.
  • Bryans oblastidagi Belaya Berezka posyolkasi o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralandi.
  • Davlat dumasi oddiy askarlar va serjantlar zaxirada bo‘lishining maksimal yoshini 50 dan 55 ga ko‘taruvchi qonun loyihasini qabul qildi.
  • The Washington Post nashri yozishicha, Zelenskiyning NATO «zaifligi» to‘g‘risidagi tvitidan keyin AQSh hukumati Ukrainani alyansga taklif etish masalasini muhokama qilgan.
  • Voronejga uchayotgan uch dron urib tushirilgan. Kursk oblastining Kurchatov shahrida dron qulashi oqibatida bir uy shikastlangan.
  • Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga dronlar bilan hujum uyushtirdi. Krivoy Rogda bir necha bino shikastlangan, bir kishi jarohat olgan.

Ukraina harbiylari «Partizan» tizimini qo‘llamoqda

Ikki raqib — Ukraina qurolli kuchlari ham, RF qurolli kuchlari ham — urushning 500 kunidan keyin texnika taqchilligini his qilmoqda. Bunga birinchi yildagi yo‘qotishlar ham, armiya soni o‘sgani ham ta’sir qilmoqda: endilikda ko‘proq askarlarni qurollantirish talab etilmoqda. Ikki tomon ham shushpanserlardan (turli texnikalarning gibridlari va qo‘lbola qurollar) ham, samarasi shubhali bo‘lgan sovet davriga mansub ishlanmalardan ham foydalanishga majbur bo‘lmoqda.

Ukraina qurolli kuchlari «Grad» tizimining faqat bitta raketasini uchirish mumkin bo‘lgan, qo‘lda olib yuriluvchi 9P132 «Grad-P» («Partizan») qurilmasidan qanday foydalanayotganini namoyish etdi. Bu tizim 1960-yillarda AQSh armiyasiga qarshi kurashda qo‘llash uchun Shimoliy Vetnam armiyasi buyurtmasi bilan ishlab chiqilgan. «Partizan»ni «Grad»dan farqli ravishda, yashiringan holda qo‘llash mumkin, undan raketani piyodaning o‘zi uchira oladi va bunda u artilleriyachilardan qo‘llab-quvvatlashni so‘rashiga hojat bo‘lmaydi. Ammo katta minusi bor: «Grad»dan farqli ravishda «Partizan» baravariga o‘t ocha olmaydi va natijada uning qo‘llanishi samaradorligi pasayadi. Rossiya armiyasi ham frontda «Partizan» tizimidan foydalanmoqda.

Raketalar 9M22M «Grad-P» («Partizan») tizimidan otishga tayyorlanmoqda
Reuters / Scanpix / LETA
«Partizan»ning pritseli 10 kilometrgacha bo‘lgan nishonga aniq zarba berishni ta’minlaydi
Reuters / Scanpix / LETA
Raketa qurilmasiga besh kishidan iborat ekipaj xizmat ko‘rsatadi, ular boshqa ishlar qatori 45 kilogramm og‘irlikdagi raketalarni qo‘lda o‘qlaydi
Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar «Partizan» qurilmasini Zaporijjya frontida qo‘llamoqda. Bu yo‘nalishda harakatlanayotgan Ukraina QK brigadalari asosan g‘arb davlatlari ishlab chiqargan texnikalar bilan qurollangan. Ammo zarba berish imkoniyatlarini kuchaytirish uchun sovetlar davriga mansub ishlanmalarni ham qo‘llashga to‘g‘ri kelmoqda.
Reuters / Scanpix / LETA

Donbassda qirol Daniil nomidagi brigada jangchilari

Qirol Daniil nomidagi 24-mexanizatsiyalashgan brigada jangchisi niqoblangan «Gvozdika» o‘ziyurar artilleriya qurilmasi yonida — taxminan Baxmut frontida.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
24-brigada jangchisi boshpanada
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina QK 24-mexanizatsiyalashgan brigadasi haqida reportaj qilingan joy oshkor etilmagan. Taxminlarga ko‘ra, bu brigada Ukraina qurolli kuchlarining Horlivka va Baxmut oralig‘idagi qarshi hujumida qatnashmoqda.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Abrams tankida shug‘ullanayotgan ukrain askarlari

Ukrain tankchilari AQShdagi harbiy bazada minaga qarshi tral bilan jihozlangan M1A1 Abrams tankida (minalangan maydonlardan o‘tish joylari ochish uchun qo‘llanadi). Rossiyaliklar katta hududlarni minalab tashlagani — Ukraina qurolli kuchlarining 4 iyun kuni boshlangan qarshi hujumidagi asosiy to‘siq bo‘lmoqda.
Matthias Merz / dpa / Scanpix / LETA

Mavzuga oid